Toşkentda Özbekiston Superligasi 2-turidan örin olgan «Lokomotiv» - «Navbahor» (1:0) öyini yakunlandi. Öyinning 85-daqiqasi ötib borayotganida stadion suxandoni Özbekiston Respublikasi IIV YHX Boş boşqarmasining «Navbahor» muxlislariga murojaatini öqib eşittirdi. Unda taşkilot namanganlik muxlislardan uyga qaytayotganda ehtiyot bölişlarini söradi.

Superliga 1-turdan örin olgan «Navbahor» hamda «Qöqon-1912» jamoalari örtasidagi öyin Toşkentda ötkazilgan va namanganlik ikki muxlis Toşkentdan Namanganga qaytayotib, avtohalokatga uçrab, halok bölişgandi. IIV YHX Boş boşqarmasi şu sabab namanganlik muxlislarni ogohlantiriş taşabbusi bilan çiqdi.

«Hurmatli futbol işqibozlari, aziz mehmonlar! Xabaringiz bor, Namangan viloyatidan kelgan futbol işqibozlari iştirokida oğir oqibatli yöl-transport hodisasi sodir etilgan edi. Bu mudhiş falokat bir-neça insonlar ölimiga sabab böldi.

Şu holatni e'tiborga olgan holda Özbekiston Respublikasi Içki Işlar Vazirligi Yöl harakati xavfsizligi Boş boşqarmasi hamda Namangan viloyati faxriylar markazi sizlarga murojaat qiladi. Uyga qaytişda yöl harakati qoidalariga qat'iy amal qiling, tezlikni oşirmang, ayniqsa toğli dovon yölida harakatlanişda xavfsizlik çoralarini köring. Unutmang, sizni oilangiz kutmoqda.

Yöl harakati qoidalariga amal qiliş, xavfsizlik çoralarini köriş 90 daqiqa davomida muxlislar qalbida jöş urgan xis-tuyğularni yanada uzoq vaqt davom etişini ta'minlaydi»,- deyildi murojaatda.