Zelenskiy va Poroşenko ikkinçi turda. Endi nima böladi?
|22:20 / 01.04.201941 92412 min
Ukraina Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 60 foizini hisoblab çiqqanidan keyin heç bir nomzod saylovçilarning yetarliça ovozini töplay olmagani töğrisida rasman ma'lum qildi va mamlakatda prezidentlik saylovlarining ikkinçi turi ötkazilişi aniq böldi.
Bungaça ham, ovoz beriş jarayoni yakunlanişi bilanoq «Milliy ekzitpol» dastlabki ma'lumotlarni e'lon qilgan, unga köra 39 nomzod qatnaşgan saylovda teleboşlovçi va aktyor Vladimir Zelenskiy 30 foizdan ortiq ovoz bilan birinçi, Ukrainaning amaldagi prezidenti Petro Poroşenko esa 16 foizdan ortiqroq ovoz bilan ikkinçi bölgani, şu ikki siyosatçi keyingi turda özaro kuraşişi ma'lum bölgandi. Favoritlardan yana biri, 13 foizdan ortiqroq ovoz bilan uçinçi bölgan Yuliya Timoşenko esa natijaga rozi bölmadi va ovozlar qalbakilaştirilgani haqida gapirdi.
Saylov kuni haqida qisqaça
Foto: Gleb Garaniç / Reuters
31 mart kuni Ukrainada prezidentlik saylovlarining birinçi turi ötkazildi. Bu saylov mamlakatda Yevromaydan voqealaridan keyingi ikkinçi prezidentlik saylovi böldi, bu saylovdan oldin ikkinçi turga kimlar ötişini aytib bölmasdi.
Ukraina Içki işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, saylovlar jiddiy qoidabuzarliklarsiz ötgan. Ayrim uçastkalarda politsiyaçilar saylov komissiyasining mast holatdagi a'zolarini çetlatişiga töğri kelgan, Podolskda esa saylov uçastkasi hududiga yonuvçi aralaşma uloqtirildi (yonğin tezda bartaraf etildi). Ammo IIV hisobotida qayd etilişiça, saylovdagi qoidabuzilişlari tizimli bölmagan va ovoz beriş natijalariga ta'sir körsatmagan.
Timoşenko bilan nima böldi?
Yuliya Timoşenko birinçi tur natijalarini tan olmadi. U saylov uçastkalari yopilişi bilan tarqalgan ekzitpol ma'lumotlarini «manipulyatsiya qilingan» va «sotilgan» deb atadi.
Siyosatçi öz tarafdorlari ham butun Ukraina böylab ekzitpol ötkazişgani, unga köra özi ikkinçi örinni egallagani, şu tufayli ikkinçi turga Zelenskiy bilan birga özi ötişi kerak bölgani haqida gapirdi.
Timoşenko öz tarafdorlarini jiddiy harakatlarga undamadi, ammo ulardan keçasi saylov uçastkalarida qolib, «mafiya» natijalarni soxtalaştirişiga yöl qöymaslikni söradi.
Mavzuga oid
Ayrim gumonlarga köra, Timoşenkoning yomon natija körsatişiga saylov byulletenida Oliy rada deputati Yuriy Timoşenko nomzodi ham körsatilgani saylovçilarni adaştirgan bölişi mumkin.
Siyosatçilarning fikriça, Timoşenkoning mağlubiyatiga u eski avlod siyosatçilariga mansub bölgani sababdir. Mamlakatda hozirgi kunda keskin özgarişlarga va yangi siyosatçilarga ehtiyoj yuzaga kelgan - ukrainlar avval hokimiyatda bölmagan şaxslar hokimiyatga kelişini istaşmoqda.
Prezidentlik saylovlarida yutqazsa-da, Timoşenko şu yilning 27 oktyabrida bölib ötadigan parlament saylovlarida özini körsatiş imkoniga ega.
Ikkinçi tur qaçon?
VASILY MAXIMOV/GETTY IMAGES
Ikkinçi tur 21 aprel kuniga belgilangan. Petro Poroşenko ikkinçi tur oldidan debatlar ötkaziş zarurligini gapirdi. Zelenskiy ham debatda iştirok etişga tayyorligini ma'lum qildi.
Nomzodlar ikkinçi turga qanday holatda yöl olişadi va debatlarda nimalarni muhokama qilişadi? Zelenskiy saylovoldi kampaniyasida ukrainlar referendumlar orqali hukumatga vazifalar qöyiş imkonini yaratişga urğu qaratmoqda. Poroşenko esa Ukrainani YeI va NATOga a'zo qilişni va'da bermoqda.
Ikkisi ham Rossiya bilan munosabatlarda bir-biriga yaqin pozitsiyada: Poroşenko özini Vladimir Putinning birinçi raqamli duşmani sifatida namoyon qilmoqda va özini Rossiya uçun eng istalmagan nomzod deb atamoqda, Zelenskiy ham Rossiyaga borişni istamasligini ta'kidlaydi.
Şoumen va komik prezidentga aylanadimi?
Siyosatda tajribaga ega bölmagan Vladimir Zelenskiy birinçi turda 30 foizdan ortiqroq ovoz töpladi va eng yaqin ta'qibçisini salkam ikki barobar farq bilan ortda qoldirdi. Ammo uning ikkinçi turdagi ğalabasi kafolatlanmagan.
Poroşenkoda jiddiy ustunliklar bor - uni gubernatorlar va yirik şahar merlari qöllab-quvvatlaşadi. Qolaversa, amaldagi prezidentda vatanparvar davlat arbobi, Ukraina armiyasini oyoqqa turğazgan va mamlakatni Rossiya tajovuzidan himoya qilgan qahramon imiji mavjud.
Şu bilan birgalikda, yanvar oyidagi sörovnomalar natijalariga köra, ukrainlarning 71 foizi mamlakat hozir notöğri yönalişdan ketmoqda, deb hisoblaydi, 61 foiz kişi esa mamlakatga jiddiy özgarişlar kerak deb biladi.
Yaşil rang Zelenskiy, kök-rang Poroşenko, töq sariq rang Boyko ustunlik qilgan hududlar
Nomzodlar natijalarga qanday reaksiya qilişdi?
Foto: Valentyn Ogirenko / Reuters
Birinçi turning ilk natijalari e'lon qilinişi bilanoq Poroşenko öz saylovçilari «Moskvaning rejalarini barbod qilgani» haqida gapirdi.
«Ukrainlar - rossiyaliklarning birinçi tur uçun ssenariysini barbod qilişdi. Ular ikkinçi turda Poroşenko bölmasligini istaşgandi. Bundan heç narsa çiqmadi Rossiyadagi döstlar va döst bölmaganlar. Ukrainlar ikkinçi turda ham siz istagan ssenariyni barbod qilişadi», degan u.
Ovoz beriş hali davom etayotgan vaqtda saylov ştabida stol tennisi öynaş bilan band bölgan Zelenskiy esa jangovarroq ohangda gapirdi.
«Agar men janob Putin bilan uçraşsam, unga şunday deyman: Nihoyat siz bizning hududlarimizni qaytardingiz. Qrim va Donbassda eskalatsiya yuzaga kelişidan jabrlangan fuqarolarimiz uçun yana qança tovon puli tölaşga tayyorsiz?», degan u jurnalistlarning savollariga javoban.
Saylov davom etayotgan vaqtda OAVda Zelenskiy va Timoşenkoning ştablari ikkinçi turda kelişib olgan holda harakatlanişga kelişgani haqida ma'lumot tarqaldi. Ammo Zelenskiyning özi bunday xabarlarni qat'iyan rad etdi.
«Biz eski hokimiyat vakillari bilan heç qanday muzokara olib bormaymiz», degan u.
Televizordagi prezident
Foto: Delfi
Vladimir Zelenskiyning eng asosiy zaif tomoni - u hali siyosat sahnasida heç narsani isbotlamagan oddiy komik ekanidir. Unga asosan yoşlar va Poroşenkoning siyosatidan köngli qolganlar ovoz berişdi. Poroşenkoning elektorati Yevromaydan voqealarida iştirok etgan avlod, Timoşenkoniki esa katta yoşli pensionerlar böldi.
Hozirda ukrainlar orasida şunday hazil aylanib yuribdi: «Endi Ukrainada ham Rossiyadagi kabi kiçkina, kulgili Vovoçka prezident».
NT tahlilçisi Zelenskiy siyosatda nönoqligiga e'tibor qaratgan.
«Vladimir Zelenskiy siyosatda köp narsani tuşunmaydi va uni oddiy savol bilan ham burçakka taqab qöyiş mumkin. Uning TSN uçun bergan oxirgi intervyusini köring, bu intervyu atigi 10 daqiqa davom etgan. Hatto javoblar oldindan tayyor bölgan holatda ham Zelenskiy bu mavzularda öziga işonmasdan gapirgan. Instagramda kiçik videolarda siyosat haqida gapiriş boşqa, uruş holatidagi davlatni boşqariş butunlay boşqa», degan ukrainalik jurnalist Andrey Palivoda.
Poroşenkoning ayblovi
Foto: RIA Novosti
Petro Poroşenko Zelenskiyni oligarx Igor Kolomoyskiyning «qöğirçoği» deb atadi.
«Taqdir meni ikkinçi turda Kolomoyskiyning qöğirçoğiga röbaru qildi», – dedi Poroşenko yakşanba kuni keçqurun Kiyevda öz tarafdorlari qarşisidagi çiqişi çoğida.
Zelenskiy unga javob qaytardi.
«Matbuot anjumanini kördim. U meni Kolomoyskiyning qöğirçoği deb atabdi. Menda faqat bir savol bor: demak siz Svinarçukning («Bogdan» korporotsiyasi asosçisi, Ukraina Milliy xavfsizlik kengaşi kotibining birinçi örinbosari Oleg Gladkovskiy) qöğirçoğimisiz, yoki Svinarçuk sizning qöğirçoğingizmi? Unga şuni yetkazib qöyinglar», – deya nomzodning sözlarini keltirmoqda «Novoye vremya».
Zelenskiy – 2012 yilda «1+1» telekanali bilan hamkorlikda «Kvartal 95» studiyasini taşkil etgan. Telekanal esa yirik biznesmen Igor Kolomoyskiyga tegişlidir, şu tufayli Zelenskiyni «Kolomoyskiyning odami» deyişadi. Zelenskiy ham, Kolomoyskiy ham buni rad etgan.
Lekin ukrainlar orasida Zelenskiy hokimiyat tepasiga kelgaç, Ğarb Kolomoyskiy tufayli yordamni töxtatişi, grivna keskin qadrsizlanişi va pensiyalar muzlatilişi haqidagi vahimalar urçigan. Bunday vahimalar birinçi tur arafasida Timoşenko va Lyaşko tarafdorlari tomonidan tarqatildi.
Siyosiy tahlilçi Yuriy Vişnevskiyning fikriça, Zelenskiyning yana bir zaif nuqtasi - unga ukrain vatanparvari roli mos kelmasligidadir. Uning özi ham bu rolni öynaşga urinmayapti - u hali ukrain tilini örganmagan. Qolaversa, saylovlar arafasida ukrain matbuoti Zelenskiyga hujum uyuştirdi (bu matbuot amaldagi hokimiyat qölidaligi bilan ham izohlanadi), ukrainlar Reyganiga qiyoslangan Zelenskiy amerikalik siyosatçidan farqli ravişda armiyaga va uruşga bormagani, Rossiya agressiyasiga qarşi çiqişlar qilmagani, ukrainlar ğamga çömganida u sahnalarda tirjayib yurganini eslab qolişdi. Şuningdek, uning Rossiyada biznesga egaligi, Italiyada 3,8 million yevrolik köçmas mulki borligi va bu deklaratsiyaga kiritilmagani, bu koşonasida Roman Abramoviç bilan qöşni ekani haqida ham ma'lumotlar tarqaldi.
Birinçi turda uni şarqiy va janubiy viloyatlar qöllab-quvvatlaşdi. Ikkinçi turda u rusparast Yuriy Boyko va Aleksandr Vilkulning elektoratini öziniki qilişi mumkin. Ammo bu ğalaba uçun yetarli bölmaydi.
Rossiyadagilar qanday munosabatda?
Kreml ham, Rossiya Taşqi işlar vazirligi ham Ukrainadagi prezidentlik saylovlarining birinçi turi natijalari böyiça rasmiy munosabat bildirmadi.
Moskvadagi kremlparast şarhlovçilar amaldagi prezident ikkinçi turga qiyinçilik bilan ötganiga urğu qaratişmoqda.
«Beş yil muddatga ega bölaturib saylovga kelgan saylovçilarning beşdan bir qismining işonçiga ham sazovor böla olmaslik - Poroşenko siyosatining mağlubiyatidir», deb hisoblamoqda Rossiya Federatsiyasi kengaşining xalqaro işlar böyiça qömitasi raisi Konstantin Kosaçev.
«Agar Zelenskiy ikkinçi turda ğalaba qozonsa, Moskva va Kiyevda muloqotni tiklaş imkoniyati paydo böladi», degan senator Frans Klinseviç.
Ikkinçi tur qanday bölişi mumkin?
Poroşenko ikkinçi turga öta olmagan nomzodlarni özi bilan birlaşişga çaqirdi. U mamlakat markazi va ğarbidagi vatanparvarlarni oyoqqa turğazmoqçi.
«Ğalaba çöntakda emas. Uni ta'minlaş uçun bugundan barça vatanparvar ukrainlarni mobilizatsiya qiliş kerak. Ğalaba öz-özidan kelmaydi. Barça siyosiy xafagarçiliklarni bir çetga suring, men ikkinçi turga ötolmagan nomzodlar va ukrain vatanparvarlarini öz tomonimga ötişga taklif qilaman. Hazillar tugadi», — degan u.
U şuningdek, yoşlarni ham özi bilan birlaşişga çaqirgan. U yoş avlodni norozi qilayotgan kamçiliklarni bartaraf etişni va'da qilgan. «Biz vaqt yöqotmasligimiz va birlaşişimiz kerak (...) Men sizlarni eşitaman va sizlardan ham meni tinglaşingizni sörayman», — deya qöşimça qilgan Poroşenko.
Şu bilan birga, Zelenskiy ham sobiq nomzodlar bilan kuçlarni birlaştirişi mumkinligini e'tiborga oliş kerak. Garçi uning özi Timoşenko bilan birlaşuv haqidagi xabarlarni rad etgan bölsada.
Timoşenko natijalardan qattiq xafa. U natijalar soxtalaştirildi degan fikrida qat'iy. Bunday vaziyatda esa Zelenskiy ştabi bilan muzokaralar boşlaş uçun sabablar yetarli. Bu ikki siyosatçi bir-biriga kerak. Zelenskiy Oliy radada ta'sirga ega emas, lekin unda Timoşenko bor. Oktyabrda esa parlament saylovlari.
Zelenskiy ikkinçi turda ham muvaffaqiyat qozonsa va prezidentga aylansa, unga parlamentdan ham qöllab-quvvatlov kerak böladi. U buning uçun Timoşenko bilan alyans tuzişi va uning nomzodini boş vazirlikka körsatişi eng ma'qul yöldir.