Qibray tumanidagi Çingeldi maişiy xizmat kasb-hunar kollejida Özbekiston Prezidenti Ş.Mirziyoyevning  "Kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida"gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida qator tadbirlar ötkazilmoqda. Şunday tadbirlardan biri Qibray tuman hokimligi va sektor rahbarlari taşabbusi bilan taşkil etilgan "Kitob mening taqdirimda" nomli kitob yarmarkasidir. Yarmarka davomida tumandagi 48 ta maktab va kasb-hunar kollejlaridan jami 400 nafar öquvçi va talabalar qatnaşdilar.

Mazkur yarmarkada öquvçi va öqituvçilar ota-onalari bilan birgalikda faol iştirok etib, özlarining qiziqişlaridan kelib çiqqan holda turli xildagi kitoblarni xarid qilişdi. Kollej tarbiyalanuvçilari örtasida ularning badiiy asarlarni qay darajada bilişlarini sinaş uçun ham tanlovlar ötkazildi, ğoliblar kitoblar bilan taqdirlandilar.