Bugun, 1 aprel kuni Özbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Toşkentning Olmazor tumanidagi 100-, 102- va 106-son maktab-internatida bölib, öquvçilar uçun kitoblar jamlanmasini taqdim etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kun avvalida har uçala maktabda Mudofaa vazirligining 600 dan ortiq harbiy xizmatçilari iştirokida “Mehr ulaşib” şiori ostida xayriya haşari uyuştirildi. Maktablar boğiga ekilgan daraxtlar oqlandi, tagi yumşatildi, anvoyi gullar ekildi, manzarali ösimliklarga qayta işlov berildi. Mevali va manzarali köçatlar ötqazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

– Maktab boği va hovlisida yiğilib qolgan ança işimiz bor edi, – deydi Olmazor tumanidagi 100-sonli miya falaji va tayanç harakat tizimida nuqsoni bölgan bolalar maktab-internati direktori Tohir Matyoqubov. – Harbiylarimiz baraka topişsin, erta tongdan kelib, hamma yoqni obod etişdi. Bu işlarni kuzatib yana bir narsaga amin böldim: yurt posbonlari har bir işni çin yurakdan bajarar ekanki, natijasidan köngillar yorişadi.  

Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov maktab öquvçisi bilan birgalikda bir tup köçat qadadi.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Şundan söng maktab-internati öquvçilari tomonidan tayyorlangan sahna körinişlari namoyiş etildi, şe'r va qöşiqlar tinglandi, gözal raqslar ijro etildi. 

Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov öquvçilarga kitoblar ulaşar ekan, özining ezgu va samimiy tilaklarini ham bildirib ötdi.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati