Özbek raqs san'atining beqiyos ustasi bölgan Tamara Xonim hamon hayotdek, oramizda yaşab kelayotgandek. Çunki uning takrori yöq san'ati har bir yurtdoşimiz qalbidan mustahkam joy egallagan.

Tamara Xonim 1906 yil 29 martida Artyom Sergeyeviç Petrosyan va Anna Nikolayevna Anibekova oilasida dunyoga keladi. Boşqa millat vakili bölsada, Tamara Xonim butun umr özbeklar bilan bir jonu-bir tan bölib yaşadi, şu millat san'atini çuqur egalladi.

U 1921 yilda Mulla Töyçi Toşmuhamedov tavsiyasiga köra «Şarofatxon» taxallusi bilan çiqişlar qiladi. 1924 yilda Moskva teatri artistlari tomonidan taşkillaştirilgan «Şarq oqşomi» dasturlarida birinçi marta «Tamara Xonim» nomi bilan sahnaga çiqadi.

1935 yilda Londonda bölib ötgan Xalq raqslari böyiça dunyo festivalida ustozi Usta Olim Komilov bilan birga Oltin medalga sazovor böladi.

Çet elliklar bu ajoyib ayol qaysi millat vakilasi ekanligini tuşuna olişmagan. Kelib çiqişi arman, özi esa özbek mahallada katta bölgan Tamara Xonim har bir çet el safaridan uyiga yangi raqs olib kelarkan, unga batamom şönğib ketardi. Uning ijodiy ğalayonida 86 xalq raqsi jamlandi. Tamara nafaqat raqsi, balki turli xalqlarga xos özgaça qadam taşlaşlari, yuz imo-işoralari, tana harakatlari bilan ajralib turardi. Raqs liboslari, grim va u ijro etgan raqs şu darajada özgarar ediki, bu ajoyib ayolni körgan har bir xalq uni öz vatandoşi deb öylardi.

2019 yilning 30 martida prezidentning bevosita taşabbusiga asosan, «Tamara Xonim» uy-muzeyining 2019 yilgi rejasiga muvofiq san'atkorning 113 yilligi keng nişonlandi. Unda nafaqat Özbekiston san'ati arboblari, balki xorijdan taşrif buyurgan köplab mehmonlar ham iştirok etişdi. Özbekiston Xalq artisti Mansur Toşmatov, Özbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Dilorom Omonullayeva, Tamara Xonimning Ozarboyjondan ataylab taşrif buyurgan nabirasi Qoraköz xonimlar şular jumlasidandir.