Mirziyoyev mustaqil O‘zbekistonning birinchi mudofaa vazirini orden bilan mukofotladi
Bugun, 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi mudofaa vaziri, iste'fodagi general-polkovnik Rustam Ahmedov 75 yoshni qarshiladi. Yubiley munosabati bilan Mudofaa vazirligi markaziy apparatida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan yo‘llangan tabrik maktubini O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, iste'fodagi general-polkovnik Rustam Ahmedov O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishida erishgan katta yutuqlari, O‘zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorligini rivojlantirganligi uchun O‘zbekiston prezidentining farmoniga binoan «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Tadbirda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Rustam Ahmedovga Mudofaa vazirligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tantanali marosimda MDHga a'zo mamlakatlardan vakillar ishtirok etib, yubiley egasini qutlug‘ 75 yosh bilan muborakbod etdilar.
Ana shunday bayram tadbiri Qurolli Kuchlar davlat muzeyida ham o‘tkazildi.

Rustam O‘rmanovich Ahmedov 1943 yilda Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. Qo‘qon shahridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrifikatsiyalash texnikumini tamomlagan. 1962—1965 yillar davomida Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtida tahsil olgan.
Xizmat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa ishlari bo‘yicha vazir — milliy gvardiya qo‘mondoni (1991 yil), O‘zbekiston mudofaa vaziri (1992—1997 yy.), O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri (1997—1998 yy.) lavozimlarida xizmat qilgan.
2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga asosan, mudofaa vazirining maslahatchisi etib tayinlangan va hozirgi kunda ushbu lavozimda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, "Bavariya" o‘z uyida "Inter"ga yengildi
Sport | 01:57
-
Trampning boyligi o‘zi joriy etgan bojlar sabab 500 mln dollarga kamaydi
Jahon | 00:56
-
Muzlarning tez erishi Arktikadagi geosiyosiy poygani tezlashtirmoqda - Financial Times
Jahon | 00:24
-
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 08.04.2025
Mavzuga oid

22:29 / 12.09.2024
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi

10:01 / 11.09.2023
Fanlar akademiyasining 80 yilligi yubileyi o‘tkaziladi

10:32 / 11.03.2020
Madaniyat va adabiyot rivojiga munosib hissa qo‘shgan atoqli shaxslarning yubileylari keng nishonlanadi

21:04 / 01.04.2019