Özbekiston delegatsiyasi MDH TIVK yiğilişida iştirok etadi, deb xabar bermoqda Taşqi işlar vazirligi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya 2019 yil 5 aprel kuni Moskva şahrida bölib ötadigan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi davlatlari Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etadi.

Vazirlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni çuqurlaştiriş, şuningdek MDH iştirokçi davlatlarining barqaror rivojlanişini ta'minlaşga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşişi rejalaştirilgan.

MDH Taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişi Hamdöstlik hukumatlari kengaşi va Davlat rahbarlari kengaşining bir yilda ikki marotaba ötkaziladigan yiğilişlariga tayyorgarlikning muhim bosqiçi hisoblanadi.