Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati, Jyenevadagi Mangeat Attorneys at Law advokatlik idorasi egasi va rahbari Greguar Manja mijozi ayni damda qayerdaligini ma'lum qildi.
U 1 aprel kuni tvitterdagi sahifasida Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidagi 21-jazoni o‘tash koloniyasiga borgani haqida xabar qoldirgan.
«Hozirgina Zangiotadagi 21-raqamli ayollar koloniyasiga keldim. Mijozim bilan uchrashishga harakat qilaman», degan u.
#Karimova Just arrived at Zangiota women’s prison colony Nr. 21. Trying to obtain acceptable conditions for our client’s meeting.
— Grégoire Mangeat (@GregoireMangeat) 1 aprelya 2019 g.
«Zangiotadagi 21-raqamli ayollar koloniyasidagi ikkinchi kunim», - deya yozgan u 2 aprel kuni.
#Karimova Zangiota women’s prison colony Nr. 21. Second day. pic.twitter.com/BpluMNGyDO
— Grégoire Mangeat (@GregoireMangeat) 2 aprelya 2019 g.
2017 yilning yozida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha ma'lumot bergan, unga ko‘ra Gulnora Karimova 2015 yilning avgustida, ya'ni birinchi prezident Islom Karimov davrida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgani va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani ma'lum bo‘lgandi.
Keyinroq Gulnora Karimovaga nisbatan firibgarlik, xorijiy valutani yashirish, bojxona qonunchiligini buzilishi bo‘yicha yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma'lum qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan unga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Karimova jinoiy sheriklari yordamida 12ta xorijiy mamlakatda 1,3 milliard AQSh dollar, 63,5 million yevro, 27,1 million funt va 18,5 million frank miqdorida aktivlarni qonuniylashtirgan.









