«Uyingizni buzamiz, evaziga palatka va şifer beramiz». Paxtakor tumanidagi mahalla ahli köçada qolişi mumkin
|23:19 / 03.04.201963 0478 min
«Yor-yor» yoki «Mahallada duv-duv gap» filmlarini köpçilik körgan bölsa kerak. Bu filmlarning bir neça sahnalarida uyi hukumat tomonidan buzilgan va örniga uy berilgan kişilar körsatiladi. Nega hozir ham aholiga buzilgan uylari uçun öşa filmlardagi kabi tartibda uylar berilişi yölga qöyilmagan?
Kun.uz tahririyatiga navbatdagi murojaat Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidagi «Döstlik» MFYdan kelib tuşdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Bu uylar barak uylar. Bular 1958 yilda qurilgan. Hamma narsasi çirib tamom bölgan. Bizga bu uylarning muddati tugagani, örniga yer berişlari, uyni esa özimiz qurib olişimiz kerakligini aytişmoqda. 30tadan şifer beramiz deyişdi. Boşqa materiallar yöq, quruq şiferni boşimizga qöyib ötira olmaymiz-ku? Oilamiz, bola-çaqamiz bor. Quriliş oson iş emas. Materiallar kerak, beton kerak. 20 aprelgaça çiqib ketinglar deyişyapti. Palatkalar olib kelganmiz, öşa joyga çiqib ketasizlar deyişdi. Qarindoşlarimizning uylariga borişimizni maslahat berişdi. 3 sotix yer va palatka beramiz, uy olmoqçi bölsangiz, 20 million sömdan boşlanğiç tölovini tölaysiz. Muammo yöq deyişdi. Biz bunça pulni qanday tölaymiz? Bunga şaroitimiz bölsa barakda yaşarmidik?
Töğrisini aytganda, palatkada yaşaş heç qanday me'yorlarga töğri kelmaydi. Na musulmonçilikka, na özbekçilikka töğri keladi. Bitta palatkada 12 kişi turar ekanmiz. Qanday qilib? Bir tarafda yoş kelin-kuyov yotsa, bir tarafda qaynota-qaynona yotmaydi-ku? Bizga bu töğri keladimi?», deydi kasbi advokat bölgan Zamira Xidirova.
«3 sotix yer va şifer bersa, men qanday qilib quriliş qilaman? Bir özim yaşayman. Pensioner odamman. 260 ming söm pensiya olaman. Bu pul nimaga yetadi? Bizdan sörasangiz ahvol şu», deydi Malika Abdujalilova.
Mavzuga oid
«Uy-joyimizni ta'minlab bersin, keyin çiqişga rozimiz. Uyda nogiron bolalarimiz bor. Ular aytgan holatda çiqib qanday yaşaymiz? Palatkamiş...», deydi Norboy Şarifov.
«Özim hokimiyatda farroş bölib işlayman. Bitta özimning oyligim bilan kun köramiz. 230 ming söm oylik olaman. 3ta xöjalik yaşaymiz. Hammada daromad şu. Uy qurişni qöying, tirikçilikka pul bazör yetadi», deydi Ra'no Nosirova.
«Hali bizga tayinli joy qilmasdan turib köçaga olib çiqişmasa kerak, töğrimi? Ikki öğlim bor. Ikkisi ham oilali. Qanday qilib hammamiz bir palatkada yaşaymiz? Uy qur deyişadi. Uy qurişga qurbimiz yetsa, allaqaçon çiqib ketardik-ku?», deydi Gulhayo Mirzayeva.
Şundan söng barak uylarni aylanib çiqdik. Uylarda şaroitlar yomon holatda. Şaroitni yaxşilaşga esa bu tumanda iş örni yoki qulay tadbirkorlik muhiti mavjud emas.
Qiyin ahvolda neça yillardan beri topganiga sabr qilib kun ötkazayotgan bu odamlarga endi navbatdagi muammo ham kelib qöşilgan. Talabga javob bermasligi uçun buziladigan uylar örniga aholiga yer va şifer taklif qilinmoqda. Uy egalari buzilgan uylaridan çiqqan materiallarini olib, quriliş qilişi lozim. Ğalati holat: uy talabga javob bermas ekan-u, materiallar javob berar ekanmi?
Navbatdagi manzilimiz şiferlar va palatkalar beriş haqidagi takliflar taşabbuskori - tuman hokimiyati böldi.
Hokimiyatda har doimgi muammoga duç keldik. Azaldan oddiy xalq biror amaldorning huzuriga kirişi amrimahol bölgan. Bu an'ana hali ham özgarmagan körinadi. Avvaliga eşik oldida kutib turdik, söngra majlislar zaliga olib borişdi.
Şu vaqt biz uçun kutilmagan holat yuz berdi. Uy buzilişlari bilan boğliq norozi aholi sekin-asta yiğilib zal töliş arafasiga keldi. Uşbu «çaqirilmagan mehmonlar»ning sözlariga köra, şu vaqtgaça hokimiyat ularning sözlarini tinglamagan. Bizga hokim hududlarga çiqib ketgani sababli, ozroq kutişimiz kerakligini aytişdi. Aholi vakillari bilan salkam 3 soat davomida kutdik.
Hokimliklarga kelgan muxbir bilan körişiş örniga hokimlar ularning sabr kosasi tölişini kutişadi. Toqati toq bölgan muxbir izohni oddiy mutaxassisdan oliş bilan kifoyalanadi. Biz ham kuta-kuta izohni hokim örinbosari Hamidjon Hasanovdan olişga majbur böldik.
«Hozirgi kunda butun respublika böylab muhtaram yurtboşimizning taşabbuslari bilan ilğor hudud davlat dasturi qabul qilingan. Dastur doirasida tuman markazlarida Mirzaçöl va Gagarin şaharlari misolida qayta arxitekturaviy yeçimga ega bölgan imoratlar quriş, hamma joy bir xil obod bölişi kerakligi uçun yöl xaritasi böyiça iş olib boryapmiz. Tumanimizning 4ta mahallasida eski baraklar joylaşgan. Ahvolini özingiz ham körgan bölsangiz kerak.
Hali birorta uy buzilmagan. Bu böyiça özimiz ham bir qarorga kelganimiz yöq. Hamma narsani hisobga olyapmiz. Hali heç kimni taşqariga çiqarib qöyganimiz ham yöq. Eng qulay joyda namunali uy-joylar qurib, kommunikatsiya, yöllarni qurib keyin aholini köçiramiz. Palatkalar haqida ham bizda heç qanday gap yöq», deydi tuman hokim örinbosari.
Uning sözlariga javoban aholi vakillari öz e'tirozlarini bildirişdi.
«Biz bilan bir neça marta yiğiliş qilib, uçraşuvlar taşkil qilindi. Ularda bizga palatkalarga köçib ötişimiz kerakligi haqida aytildi. Şifer beramiz deyişdi. Özingiz öylab köring, faqat şiferning özi bilan biz nima qila olamiz? Bu uylarda yoş bolalar, yolğiz onalar, qariyalar bor. Ular olayotgan 250-260 ming söm pul nimaga yetadi?», deydi Zamira Xidirova.
«Biz har taraflama öylab puxta reja bilan iş qilamiz. Tölovlar masalasiga kelsak, respublika xotin-qizlar qömitasi ajratilgan limit asosida şaroiti oğir ayollarga bir martalik boş tölovni tölab beryapti. Qolganlar boşlanğiç tölovni tölasa, qolgan summani ipoteka krediti asosida tölab boraveradi», deydi hokim örinbosari.
Uning javobiga mahalladan kelgan şikoyatçi öz munosabatini bildirdi.
«Kredit deysiz. Bizning mahallada 10 foiz odam işlaşi mumkin. Qolganlar qanday tölaydi? Masalan, men ham işsizman. Bitta korxona oçilayotgan ekan. Borsam közing töğri kelmaydi, böying kelmaydi deyapti. Iş örni bölmay turib biz kredit ololmaymiz», deydi şikoyatçi ayol.
Şaharsozlik, urbanizatsiya böyiça ilğor imoratlar qurilişi kerakligi tuşunarli. Lekin vatandoşlarimizning uylarini tortib olib, ularni köçaga çiqarib, bir tutam mato ostida qoldiriş qançalik töğri? Yana bir qiziq jihat, davlat yaşab turgan uyingni olib, boşqa boşpana bermay ipoteka krediti asosida uy berar ekan. Ham uyingni olib, ham qarzdor qiliş mantiq qoidalariga nomutanosiblik bölmaydimi?
Hokimiyat vakillari hali bir qarorga kelinmaganini ta'kidlaşdi. Aholi bilan kim uçraşganidan bexabarliklarini aytişdi.