2019 yilning 1 aprel kuni Norvegiya hukumati va BMTning Köp tomonlama şeriklik trast jamğarmasining Nyu-Yorkdagi Ofisi BMTning Özbekistonni Orolböyi hududi uçun Inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik trast jamğarmasiga 9,5 million Norvegiya kroni (qariyb 1,1 million AQŞ dollari) miqdoridagi tölovni tasdiqlovçi standart şartnomani imzoladilar.
1960 yillargaça dunyoning törtinçi yirik yopiq dengizi bölmiş Orolning qurişi milliy va mintaqaviy çegaralar doirasidan çiquvçi insoniyatning eng katta ekologik falokati hisoblanadi, deyiladi Özbekistondagi BMT vakilligi xabarida.
2018 yilda BMT şafeligida taşkil etilgan Trast jamğarmasi Orol dengizi hududida istiqomat qiluvçi hamjamiyatlarning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hal qilişda milliy va xalqaro darajada hamkorlikni amalga oşiriş va barqaror rivojlaniş sohasida global maqsadlarga erişiş böyiça birgalikdagi sa'y-harakatlarni tezlaştiriş uçun yagona maydonni taqdim etadi.
Bugungi kunga kelib Özbekiston Respublikasi hukumati öz böyniga Trast jamğarmasiga 6,5 million dollar miqdorida uluşini qöşiş haqida majburiyatni olgan, uning 2,0 million dollari Trast jamğarmasining hisobiga ötkazib bölindi. Norvegiya Jamğarmaga mablağ kiritgan birinçi taşqi donor böldi.
Hozirda Özbekiston Hukumati BMT bilan hamkorlikda Orol dengizi hududida istiqomat qilayotgan jamoalar duç kelayotgan muammolar haqida xabardorlikni oşiriş va Trast jamğarmasiga qöşimça moliyaviy va texnik resurslarni jalb qiliş böyiça faol işlarni olib bormoqda.
«Orol dengizi uçun inson xavfsizligi böyiça Köp tomonlama şeriklik trast jamğarmasi hukumat va rivojlaniş sohasidagi hamkorlarga aynan insonlarga yönaltirilgan, jamoalarning ahvoli, talab va ehtiyojlariga asoslangan, harakat sur'atlari va innovatsiyalarga alohida e'tibor bergan holda yeçimlarni işlab çiqişda birgalikdagi faoliyat olib boriş imkonini bermoqda, - deydi BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer. - Biz Jamğarmaning donoriga aylanib, Orol dengizi muammosini hal qiliş işiga tarafdorligini tasdiqlagan Norvegiyaning mazkur qarorini qöllab-quvvatlaymiz. Bu qaror Özbekistondagi tezkor barqaror rivojlanişga kömak berişda Norvegiyaning qat'iyatliligidan dalolat beradi».












