Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat va «O‘zkimyosanoat» ulushlari sotiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan “O‘zkimyosanoat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat va “O‘zkimyosanoat” AJ ulushlarini quyidagi tartibda sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi:
a) investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan potensial investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish yo‘li bilan:
“Samarqandkimyo” AJ ustav kapitalidagi 60,35 foiz davlat aksiyalari va “O‘zkimyosanoat” AJning 39,65 foiz aksiyalarini ekologik jihatdan zararsiz zamonaviy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish sharti bilan “nol” xarid qiymatida;
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ ustav fondidagi “O‘zkimyosanoat” AJning 51 foiz ulushini korxonaning ishlab chiqarish quvvatini yiliga 200 ming tonnadan 450 ming tonnagacha oshirish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan bozor qiymatida;
“Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ ustav kapitalidagi 70,54 foiz davlat aksiyalari va “O‘zkimyosanoat” AJning 25 foiz aksiyalari – “Indorama” (Singapur) kompaniyasiga superfosfat ishlab chiqarish quvvatini 100 foiz sof holda 63ming tonnaga yetkazish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan 4,3 million AQSh dollari miqdorida sotib olish qiymatida;
b) “Farg‘onaazot” AJ ustav kapitalidagi 48,05 foiz davlat aksiyalari va “O‘zkimyosanoat” AJning 2,95 foiz aksiyalarini investor tomonidan ammiak ishlab chiqarish quvvatini yiliga 660 ming tonnaga, karbamidni – 600 ming tonnaga, ammiakli selitrani – 700 ming tonnaga va azot kislotasini – 530 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan – tanlov savdolarida bozor qiymatida;
v) "Elektrkimyozavod" QK AJ ustav kapitalidagi “O‘zkimyosanoat” AJning 26,14 foiz aksiyalarini – ochiq savdolarda bozor qiymatida;
g) “Jizzax plastmassa” AJ ustav kapitalidagi 25 foizgacha aksiyalar – dastlabki bosqichda birlamchi ommaviy taklifni (IPO) o‘tkazish asosida;
d) quyidagilar orqali:
“Dehqonobod kaliy zavodi” MChJni aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirish hamda jamiyatning ustav kapitalidagi 51 foiz va undan ortiq aksiyalarni potensial investorlar mavjud bo‘lganda va ular tomonidan granulalangan xlorli kaliy, kaliy sulfati va kaliy tuzlarining boshqa turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yuk tashuvchi osma yo‘l va tashqi elektr ta'minoti liniyalari qurilishini yakunlash bo‘yicha investitsiya, shuningdek, ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali sotish imkoniyatini nazarda tutgan holda tanlov savdolarda bozor qiymatida;
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJni aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirish va jamiyatning ustav kapitalining 51 foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarini potensial investorlar mavjud bo‘lganda va tushgan mablag‘larni jamiyat investitsiya loyihalarini amalga oshirishga hamda jalb etilgan kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirgan holda ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutgan holda ochiq savdolarda bozor qiymatida sotish.
Mavzuga oid
14:24 / 02.06.2026
Uch yilda kimyo sohasida 42 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026