Musulmon olamida masjidlarning örni beqiyos. Ular nafaqat ibodat, balki ma'rifat, saxovat, axborot almaşinuvi markazlari hamdir. E'tiboringizga dunyodagi eng yirik* masjidlar yettiligini keltirib ötamiz. 

7. Şayx Zayd masjidi. Abu-Dabi, Birlaşgan Arab Amirliklari

Masjid uning asosçisi va mamlakatning birinçi rahbari Zayd ibn Sulton Nahayyon şarafiga nomlangan. Quriliş işlari 1996 yilda boşlanib, 12 yil davom etgan va rasmiy oçilişi 2007 yilning Ramazon oyida bölgan. Masjid siğimi 40 mingdan ortiq namozxon uçun möljallangan. Şayx Zayd masjidi 82ta gumbaz, minglab ustun va qandillar hamda qöl mehnatida töqilgan dunyodagi eng katta gilam (bu gilamni ming nafar töquvçi bir yil davomida töqigan) bilan bezatilgan. Masjidning asosiy binosida diametri 10 metr, balandligi 15 metr, oğirligi 12 tonna bölgan qandil öz nurini soçadi. Masjid kunduzi quyoşda oq va tilla, keçqurun esa boşqa ranglarda yarqirab turadi. Umumiy maydoni 22 ming kv.m. va bu maydon ham poklik ramzi bölgan asosiy bino singari oq marmar bilan qoplangan.

6. Hasan II masjidi, Kasablanka, Marokaş

Foto: Shutterstock

Marokaşning yirik Kasablanka (Dorul Biyzo) şahridagi Hasan II jome masjidi 1986-1989 yillarda qurib bitkazilgan bölsada, öz faoliyatini 1993 yilda boşlagan. Masjid minorasining balandligi 210 metr bölib, bu borada eng baland körsatkiç