Feldmarşal Xalifa Haftar qömondonligidagi Liviya milliy armiyasi mamlakat poytaxti Tripoliga hujum boşladi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Arab dunyosi tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan Haftar BMT tomonidan tasdiqlangan milliy birlik hukumatini tarqatib yuborişni rejalaştirmoqda. Harbiy qömondon öz harakatlarini «Tripolini ozod qiliş böyiça amaliyot» deb nomladi. 2011 yilda Muammar Qazzofiyning öldirilişidan keyin Liviyada yuzaga kelgan hokimiyat uçun kuraş uşbu hujum tufayli öta keskinlaşib ketdi.

Poytaxtni örab oliş maqsadida Haftar qöşinlari janub va ğarbdan yaqinlaşib, Tripolidan 80 km janubdagi Garyan şahrini egallab oldi, söng asosiy maqsaddan 60 km uzoqlikda tunni ötkaziş uçun töxtadi. Ayni paytda, Tripolida qonuniy hukumatni himoya qiliş böyiça köngillilar qöşini yiğila boşladi.

Foto: Reuters TV

Garyan strategik ahamiyatga ega, sababi u qirğoq böyidagi tekislik oldidan sönggi şahar sanaladi. Bu jangarilar uçun tölaqonli platsdarm bölib, agar poytaxt uçun jang çözilib ketsa, unda qayta guruhlarga ajratiş imkoni bor.

2014 yilda Haftar Qazzofiyning sobiq askarlarini birlaştirgan va 2017 yilda asosiy şarqiy şahar - Bengazini qölga kiritgan, söng u mamlakatning neftga boy janubi ustidan nazorat örnatgan. Tarafdorlari uni «yangi Muammar» sifatida körmoqda. Şuningdek, u Misr va Birlaşgan Arab Amirliklari tarafidan qöllab-quvvatlanadi, ular uni radikallarga qarşi himoya sifatida hisoblaydi va harbiy yordam beradi.

5 aprel, juma kuni, BMT Xavfsizlik kengaşi Liviyadagi vaziyat yuzasidan favqulodda yiğiliş ötkazadi. Buyuk Britaniya taşabbusi bilan taşkillaştirilayotgan muhokama yopiq rejimda keçadi. Şuningdek, BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Haftar bilan şaxsan uçraşiş niyatida.

2011 yilda Liviyada fuqarolar uruşi boşlandi. 1969 yildan buyon mamlakatni boşqargan polkovnik Muammar Qazzofiy hokimiyatdan ağdarildi va öldirildi. Uning raqiblari tomonida Fransiya, AQŞ, Buyuk Britaniya va boşqa davlatlarni öz içiga olgan xalqaro koalitsiya kuçlari kuraşdi. Bugungi kunda Liviya ikki hokimiyat holatida: şarqda - Tobruk şahrida parlament faoliyat körsatadi, ğarbda - Tripolida milliy kelişuv hukumati işlaydi.