Liviya milliy armiyasi qömondoni marşal Xalifa Haftar öz qöşinlariga "terrorçilardan ozod qiliş uçun" Tripoliga hujum qilişga buyruq berdi. Bu haqda "Al-Arabiya al-Hadas" telekanali xabar berdi.
Avvalroq Liviya poytaxtini nazorat qilib turgan milliy kelişuv hukumati şarqiy kuçlarning ğarbga harakati haqidagi bayonotidan söng umumiy harbiy tayyorgarlik e'lon qilgandi.
2011 yilda Muammar Qazzofiy öldirilganidan söng Liviyada siyosiy inqiroz boşlandi. Hozirda mamlakatda qöşhokimiyat hukmronlik qilmoqda. Şarqda parlament, poytaxt Tripolida esa BMT va Yevroittifoq qöllab-quvvatlaşi ostida taşkil etilgan hukumat hokimiyat tepasida.













