Erkaklarning ayollarga nisbatan kamroq umr körişining asosiy sababi - ularning öz salomatligiga befarq munosabatda bölişida. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST)ning nima uçun ayollar erkaklardan uzoqroq yaşaşiga oid hisobotida şunday bayonot beriladi.

"Farq - soğliqni saqlaşga bölgan munosabatda. Erkaklar va ayollar bir xil kasallikka çalinganda, erkaklar ayollarga nisbatan kamroq şifokorga murojaat qiladi. Masalan, OIV epidemiyasi bölgan mamlakatlarda erkaklar OIVga test topşiriş ehtimoli juda kam, şuningdek, antiretrovirus terapiyadan ötiş ham ularga malol keladi va şu tariqa, erkaklar ayollarga nisbatan köproq OITS bilan boğliq kasalliklardan vafot etadi", - deyiladi hisobotda.

JSSTda ta'kidlanişiça, Yer yuzida eng keng tarqalgan 40 kasallikdan 33 tasi ayollarga qaraganda köproq erkaklarning hayot davomiyligiga salbiy ta'sir körsatar ekan.

Bundan taşqari, erkaklar ayollarga nisbatan köproq öz joniga qasd qilişi ma'lum qilingan: öz joniga qasd qilgan erkaklar uluşi ayollarga nisbatan 75 foizga köp. Yöllardagi ölim holati böyiça ham erkaklar körsatkiçi ayollarnikidan ikki karra ustun, qotillik natijasidagi ölim holatlari böyiça esa tört baravar yuqori.