AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksikaga narkotrafikka qarşi kuraşga bir yil vaqt berişini aytdi.
Tramp giyohvand moddalar oqimi töxtamasa yoki kamaymasa, Vaşington Meksikada işlab çiqarilgan tovarlar, ayniqsa avtomobillarga boj tölovlari kiritiş bilan tahdid qilgan.
“Agar narkotrafik töxtatilmasa, çegarani yopamiz”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.
AQŞ prezidentining ta'kidlaşiça, Meksika vaziyatni özgartira oladi. Uning fikriça, bojlar kiritilişi sababli jiddiy iqtisodiy yöqotişlarga uçraş xavfi Meksika hukumatiga ta'sir qiladi.
Tramp Meksika noqonuniy muhojirlarga qarşi muammolarni hal qilişga kirişmasa ham yuqoridagi kabi çoralarni qöllaşga va'da bergan.












