Bir köngilga şodlik ulaşiş – muqaddas Ka'bani obod qiliş bilan barobar, degan mazmunda Navoiy bobomizning satrlarini bugun Qurolli Kuçlarimiz harbiy xizmatçilari özlariga şior qilib, xayrli işlarni davom ettirişyapti.

Mudofaa vazirligi sport klubining jahondagi nufuzli sport musobaqalarida yurtimiz şa'nini munosib himoya qilib kelayotgan harbiy xizmatçilari Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida joylaşgan 30-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari holidan xabar olib, ularga turli yoşdagi öquvçilar uçun möljallangan kitoblar jamlanmasi, sport anjomlarini esdalik sovğa sifatida ulaşdi.

– Uçraşuvimiz bolajonlarda katta taassurot qoldirganidan mamnun böldik, – deydi Rio-de-Janeyroda bölib ötgan XXXI yozgi Olimpia öyinlari ğolibi va rekordçisi, leytenant Ruslan Nuriddinov. – Ularda kitob mutolaasiga qiziqişini, sport bilan muntazam şuğullanişni maqsad qilganini eşitib, ikki hissa şodlandik.

Bolajonlarning Vatan madhi, ota-ona, döstlik va sevgi-sadoqat haqida öqigan şe'rlari çempionlar olqişiga sazovor böldi.

Yakunda bolajonlar özlari muxlislik qiladigan sevimli sportçilari bilan esdalik uçun suratga tuşişdi.