3 aprel kuni Uçtepa tumanida olib borilgan dorixonalardan taşqarida dori vositalarining noqonuniy sotuvi bilan boğliq faktlarni aniqlaşga qaratilgan profilaktik tadbir davomida Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan 47 yoşli G.A. ismli fuqaro qölga olindi.
Xolislar guvohligida ötkazilgan tekşiruv vaqtida qölga olingan şaxsning yonidan 41 konvaluta va 610 tabletka “Tramadol” dori vositasi, şuningdek 30 tabletka “Lirika” dori vositasi topildi. Bundan taşqari, G.A.ning xonadoni tekşirilgaç, xodimlar u yerdan 500 konvaluta (5 000 tabletka) “Tramadol” topişdi.
G.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi böyiça (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş”) jinoiy iş qözğatildi.
“Hurmatli fuqarolar! Eslatib ötamiz, 2018 yilning 22 oktabr kunidan boşlab giyohvandlik vositalarining analoglarini qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş va boşqa harakatlar uçun jinoiy javobgarlik közda tutilgan. Qonun bilan tuşunmovçilik yuzaga çiqmasligi uçun va özingizni sifatsiz va soxta dori vositalaridan yiroq tutiş uçun ularni dorixona tarmoqlaridan boşqa joylarda xarid qilmang. Yodingizda bölsin: şifokorning retseptisiz erkin savdoga çeklangan dori vositalari röyxatiga kiruvçi dorilarni xarid qilişga uriniş – qonunga qarşi harakat qiliş demakdir”, - deyiladi IIBB xabarida.












