Özbekiston Respublikasi prezidenti “Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan quyidagilar:
köçmas mulkni begonalaştirişda davlat notarial idorasiga Köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarning davlat reyestriga ulaniş imkoniyatini bergan holda, unga bino va inşootlarning tarkibi va tegişliligi töğrisidagi ma'lumotnomani taqdim etişni;
davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan köçmas mulk egalaridan davlat röyxatidan ötkaziş uçun taqdim etilgan hujjatga röyxatdan ötkazuvçi organning yozuvi (ştampi) qöyilişini talab qilişni;
2020 yil 1 yanvardan boşlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi organlarida davlat röyxatidan ötkazilişini ta'minlaş, şuningdek, bankka röyxatdan ötkazilgan uy-joyga nisbatan mulk huquqi töğrisidagi hujjat nusxasini va qonun asosidagi ipoteka davlat röyxatidan ötkazilgani töğrisidagi ştamp qöyilgan kredit şartnomasini taqdim etiş böyiça qarz oluvçining majburiyatlarini nazarda tutuvçi tartib bekor qilinadi.












