Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Termiz şahrida böladigan Xalqaro baxşiçilik san'ati festivalining oçiliş marosimida iştirok etiş uçun bugun Surxondaryo viloyatiga jönab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qaroriga muvofiq taşkil etilgan mazkur festivalga katta tayyorgarlik körilgan. Quriliş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilib, tanlov qatnaşçilari va mehmonlar uçun qulay şaroitlar yaratilgan. Folklor-etnografik çiqişlar, sayyohlik maskanlariga taşriflar, ilmiy konferensiya va körgazmalarni öz içiga olgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar dasturi tayyorlangan, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, festival 10 aprelgaça davom etadi.












