Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 7,5 tonna mineral o‘g‘itning noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi
Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir natijasida 7,5 tonna mineral o‘g‘itning noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining Kasbi tumanidagi filiallaridan birida mudir lavozimida ishlab kelgan Q.Sh. o‘zining javobgarligi ostida bo‘lgan 7,5 tonna “sulfat ammoniy” mineral o‘g‘itini faoliyatini tugatganiga ikki oy bo‘lgan fermer xo‘jaliklaridan birining raisi M.A. va boshqalar bilan til biriktirib, soxta hujjatlar asosida Samarqand viloyatiga olib ketayotganida Chiroqchi tumanida to‘xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Q.Sh. va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov idoralariga yuborildi.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 5 ta holatda 40,7 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026