Irlandidyalik aralaş yakkakuraş jangçisi Konor Makgregor Mutlaq jangçilik çempionati UFC’ning taqiqlangan moddalar aniqlanmagan, ya'ni manfiy doping-testlari soni böyiça yetakçisi böldi. 

“Toza” jangçilar reytingi AQŞning aksildoping agentligi USADA ma'lumotlariga asoslanib tuzilgan. Bu ma'lumotlar bilan UFC vitse-prezidenti Jyeff Novitski tvitterda bölişdi. Uning ma'lum qilişiça, Makgregor 49 ta manfiy doping-test topşirgan. Ulardan 11 tasi Makgregordan Floyd Meyuezerga qarşi jang oldidan olingan.

Bu borada 2-örinni UFC’ning oğir vazndagi amaldagi çempioni Daniyel Korme egalladi. Uning manfiy doping-testlari soni 45 tani taşkil qilgan. 3-örinni braziliyalik jangçi Rafayel Dos Anos (41 ta manfiy doping-test), 4-örinni amerikalik ayol jangçi Xolli Xolm, 5-örinni yana bir amerikalik jangçi Stipe Mioçiç egallagan.

30 yoşli Makgregor öz faoliyati davomida 21 ta ğalabani qölga kiritgan va 4 marta mağlubiyatga uçragan. U 2 vazn toifasida UFC çempioni kamarini qölga kiritgan.