Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In 16-23 aprel kunlarida Markaziy Osiyo böylab turne uyuştiradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.

Janubiy koreyaliklar prezidenti matbuot xizmati xabariga köra, 18-21 aprel kunlarini Mun Je In Özbekistonda ötkazadi. U şuningdek, 16-18 aprel kunlari Turkmanistonga, 21-23 aprel kunlari Qozoğistonga taşrif buyurişni rejalaştirgan.

Mintaqa böylab turnedan közlangan maqsad — Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin munosabatlarini mustahkamlaş va Mun Je Inning «Yangi şimoliy siyosat»i doirasida konsensusga erişişdan iborat.

Özbekistonda Mun Je In Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan ikki mamlakat örtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlaş va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari masalalarini muhokama qilişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil noyabrida Janubiy Koreyaga safar uyuştirgandi. 

Uşbu taşrif doirasida 75ta hujjat imzolangan, energetika va neftgazkimyo sohasida – 2,95 mlrd. dollarlik, bank-moliya sohasida – 2,7 mlrd. dollarlik, quriliş va infratuzilmani rivojlantirişda – 1,7 mlrd. dollarlik bitimlar tuzilgandi.

Şuningdek, davlat taşrifi mobaynida özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning kengaytirilişiga qaratilgan bir neçta muhim kelişuvlarga erişilgandi.