Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Vazirlik telegram kanalida yozilişiça, nizom bilan oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga kirişni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa işlari bölimiga bir qator hujjatlar bilan birgalikda yaşaş joyidan tavsifnoma hamda oila a'zolari soni haqidagi ma'lumotnoma ham topşirilişi lozim edi.
Özgartirişlarga asosan mazkur talab bekor böldi.
Endilikda işlayotgan (öqiyotgan) nomzodlargina iş (öqiş) joyidan tavsifnoma hamda ma'lumotnoma olib kelişi lozim. Işlamayotgan (öqimayotgan) nomzodlardan bu hujjatlar talab qilinmaydi.
Ma'lumot uçun: oliy harbiy ta'lim muassasalariga nomzodlarni öqişga qabul qiliş Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlaş rejasiga muvofiq Özbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul örinlarini ajratiş töğrisidagi buyruğiga asosan amalga oşiriladi.
Oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlari kontingentini sifatli butlaş uçun:
harbiy-professional yönaliş;
dastlabki tanlaş;
harbiy-professional tanlaş;
test sinovlarini nazarda tutuvçi kompleks bosqiçma-bosqiç tanlaş amalga oşiriladi.












