Toriq Malaik boşçiligidagi Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça Islom hamkorligi delegatsiyasi Özbekistonda Islom moliyalaştirişi tamoyili asosida iş boşlaşni taklif qilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri. 

9 aprel kuni Kapital bozorini rivojlantiriş agentligida Özbekiston va Saudiya Arabiston vakillari uçraşuvida bu masalalar muhokama etilgan. 

 «Suquq va kapital bozori» dasturiga muvofiq, rivojlanayotgan davlatlarda Islom moliyalaştiriş tamoyili asosida hamkorlik qilişga qiziqiş bildirilmoqda. Şuningdek, Özbekiston Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori bilan muloqotda jamoaviy va munitsipal obligatsiyalarni muomalaga çiqariş muhokama etildi», — deyiladi agentlik axborotida. 

Ta'kidlanişiça, agentlik rahbari Otabek Nazirov mahalliy valutada çiqarilişi loyihalaştirilayotgan obligatsiyalar xorijiy valuta bilan yuz berişi mumkin bölgan tahdidlarni kamaytirişini bildirgan.

Saudiya Arabistonidan taşrif buyurgan mehmon uçraşuv yakunida Özbekistonga texnik yordam körsatişga tayyorligini bildirgan.