Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonovning kompaniyasi Rossiyada tovarlar markirovkasi bo‘yicha yagona operatorga aylandi
Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi (ITRM) Rossiya Federatsiyasida tovarlarni markirovkalash davlat tizimining rasmiy operatori maqomini oldi. Bosh vazir Dmitriy Medvedevning tegishli farmoyishi Rossiya hukumati saytida e'lon qilindi, deya yozmoqda TASS.
2017 yilda tashkil etilgan ITRM’ning 50 foizi Alisher Usmonovning USM Holdings’iga, 25 foizi - «Rostex» davlat korporatsiyasiga, 25 foizi - Almaz Capital boshqaruvchi hamkori Aleksandr Galitskiyga tegishli. Bundan avval ITRM turli sohalarda markirovkalash bo‘yicha sinov loyihalari operatori bo‘lgan, 2019 yil 1 iyundan boshlab esa mo‘ynani markirovkalash tizimi operatoriga aylanishi kerak.
2019 yilda Rossiya hukumati atir-upalar, shina va pokrishkalar, choyshablar, fotokameralar hamda ba'zi turdagi kiyimlarni majburiy markirovkalashni joriy etishni rejalashtirmoqda. 2024 yilga kelib markirovkalash tovarlarning barcha toifalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Markirovkalashdan maqsad - savdo shaffofligini oshirish va soxta mahsulotlarga qarshi kurash. Har bir tovar ishlab chiqarishdan sotuvga boradigan yo‘lgacha kuzatish imkonini beruvchi maxsus raqamli belgilar olishi lozim.
Bundan oldin, Alisher Usmonov Bloomberg reytingida 16,3 mlrd dollar bilan 70-o‘rinni egallagandi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026