Britaniyalik deputatlar Britaniya boş vaziri Tereza Meyning Yevropa Ittifoqidan çiqişni boşlaşni 30 iyungaça qoldiriş taklifiga rozi bölişdi. Avvalroq 29 martga belgilangan jarayonni 12 aprelgaça qoldiriş böyiça kelişişga muvaffaq bölingandi.  

Brexit’ning köçirilişini quyi palataning 420 a'zosi qöllab-quvvatlagan, 110 a'zosi unga qarşi çiqqan.  

Bu orada Yevropa Ittifoqi Britaniyaning hamjamiyatdan çiqişini bir yilga qoldiriş mumkinligiga yöl qöymoqda. 10 apreldagi sammitda Brexit’ning 2020 yil martigaça qoldirilişi masalasi kötarilişi haqida Yevropa davlatlari rahbarlariga Yevrokengaş raisi Donald Tusk ma'lum qilgan.

Bu orada Germaniya kansleri Angela Merkel Mey bilan Berlinda uçraşib, Brexit qanday şartlarda keçişini muhokama qilgan. 

Şundan keyin Merkel Yevropa Ittifoqining 10 apreldagi sammitida Brexit joriy yil oxirigaça yoki 2020 yil boşigaça qoldirilişi mumkinligi muhokama qilinişini ma'lum qilgan.