Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning «Kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş buyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida uyuştirilayotgan tadbirlar, şaxsiy taşabbuslar davom etmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri, navbatdagisi Jizzaxda bölib ötdi.
Jizzax şahar xalq ta'limi bölimiga qaraşli 22-ayrim fanlar çuqur örganiladigan davlat ixtisoslaştirilgan umumta'lim maktabini 1999 yilda tamomlagan, bugungi kunda Sirdare viloyati IIB YXXB bölimi boşliği lavozimida işlayotgan podpolkovnik Ernazarov Şerzod Abdusaitoviç maktab kutubxonasiga 40 nomdagi badiiy kitoblarni sovğa qildi.

Bu maktab 1991 yilning 2 sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomli 22-“Iqtidorli öquvçilar gimnaziyasi” nomi bilan taşkil topgan. Maktabda bugungi kunda 2063 nafar öquvçilar tahsil olmoqda hamda ularga 103 nafar pedagog hodimlar ta'lim-tarbiya berib kelmoqdalar.
Maktab aniq fanlar, tabiiy fanlar va ingliz tili faniga ixtisoslaştirilgan. Maktabda “Harbiy vatanparvarlikka ixtisoslaştirilgan sinf” taşkil qilinib, bugungi kunda mazkur sinfda 26 nafar öquvçilar tahsil olmoqdalar.

Maktab 7 yildan buyon barça parametrlar böyiça Jizzax şahar va Jizzax viloyati maktablari içida eng namunali maktablardan biri hisoblanadi. Uşbu öquv yilida “Fan olimpiadalari”ning viloyat bosqiçida 9 nafar öquvçilar 1-,2-,3-örinlarni egalladilar.
Özbekiston Yoşlar ittifoqi tomnidan taşkil qilingan “Yoş qutqaruvçilar” musobaqasining şahar bosqiçida maktabning “Qalqon” jamoasi 1-örinni egallagan bölsa, “Temurbeklar” xarbiy-sport musobaqasining viloyat bosqiçida 1-örinni qölga kiritişdi.

Maktab jamoasi xalq ta'limi vazirligi hamda boşqa hamkor taşkilotlar bilan ötkaziladigan tanlovlarda yuqori natijalarni qölga kiritib kelmoqda. Jumladan, “Yilning eng yaxşi fan öqituvçisi” körik tanlovining Respublika bosqiçida 12 nafar öqituvçilar iştirok etib faxrli örinlarni egallagan.
Maktabga 2004 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Sadriddinova Dilfuza Ruziqulovna maktabning hozirgi kundagi mavqeyi va muvaffaqqiyatlarining sirini soğlom muhit va soğlom jamoada deb biladi.











