55 yoşli işçi, Özbekiston fuqarosi, 10 aprel kuni Janubiy-Saxalinskdagi suv kompleksiga ega mehmonxona quriliş maydonçasida halok böldi. Voqea haqida ma'lumot RF Tergov qömitasining Saxalin oblasti böyiça tergov boşqarmasi matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

10 aprel kuni RF Tergov qömitasining Saxalin oblasti böyiça tergov boşqarmasi Janubiy-Saxalinsk bölimiga suv kompleksi quriliş maydonçasida işçi lift şaxtasiga tuşib ketgani haqida xabar kelib tuşgan. U öta oğir jarohatlar olib, hayotdan köz yumgan.

Tekşiruv davomida Özbekistonning 55 yoşli fuqarosi iş joyida (qurilayotgan kompleksning törtinçi qavatida) bölgani va lift şaxtasiga tuşib ketgani aniqlandi. Erkak voqea joyida hayotdan köz yumgan. Hozir hodisa sabablarini aniqlaşga qaratilgan tekşiruv tadbirlari olib borilyapti.

Ularning natijalari asosida quriliş kompaniyasining mas'ul şaxslari harakatiga mehnat muhofazasi talablari buzilişi böyiça baho beriladi.

Bundan oldin, Özbekistonning olti nafar fuqarosi Çeçenistonda qullikdan ozod etilgandi.