9 aprel kuni Özbekiston milliy matbuot markazida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tizimga zamonaviy AKTni joriy etişning dolzarb masalalariga bağişlab ötkazilgan matbuot anjumanida vazirlikning öquv jarayoniga AKTni joriy etiş boşqarmasi boşliği Alişer Abdullayev OTMlari veb-saytlari inventarizatsiya qilinib, tanqidiy baho berilgani haqida aytib ötdi.

Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi

«Vazirlik tomonidan OTM jozibadorligini oşiriş va imijini şaklantiriş uçun, avvalo, ularning veb-saytlari tahlil etildi. Örganiş natijalari OTMlari veb-saytlari mazmunini takomillaştiriş, foydalanuvçilar uçun zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab boriş, xususan, xorijiy tillarda ham kontentni boyitiş zarurligini körsatmoqda.

Şu bois hozirda OTMlar xalqaro universitetlar veb-sayti reytingida öz örnini yaxşilaş maqsadida OTMlar veb-sayti Webometrics reytingi talablari asosida qayta işlab çiqilib, zarur ma'lumotlar bilan boyitilmoqda», —  dedi Alişer Abdullayev.