Venesuela hukumati xorijga yirik partiyadagi oltinni sotişga tayyorlanmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Ta'kidlanişiça, mamlakatning markaziy banki omboridan umumiy oğirligi 8 tonnani taşkil qiluvçi oltin sotiş uçun olib çiqilgan.

Karakas 2019 yilning özida 30 tonnaga yaqin oltinini sotib yuborgan va hozirda mamlakatning oltin zaxirasi 100 tonnaga yaqinni (4 mlrd dollarlik) taşkil qilmoqda. 

Axborot agentligi tayanayotgan manbaga köra, Karakas oltinini şunday sur'atlarda sotadigan bölsa, yil oxirigaça heç narsasiz qolişi mumkin. Uning tuşuntirişiça, Venesuela AQŞ sanksiyalari sababli oltinini sotişga majbur bölmoqda.