Sudan prezidenti Umar al-Başir harbiy töntarişdan oldin mamlakatni tark etişga uringan, deya xabar bermoqda Al Arabiya.

Manbalar ma'lumotiga köra, al-Başir keça, 10 aprel kuni mamlakatdan qoçib çiqib ketişga harakat qilgan.

Sudan prezidenti Umar al-Başir
Foto: REUTERS/Mohamed Nureldin Abdallah

Mamlakat poytaxti Xartumdagi aeroport yopib qöyilgan.

Bundan oldin, Sudanda davlat töntarişi sodir bölgani, prezident uy qamoğiga taşlangani xabar berilgandi.

Sudan armiyasi prezident saroyi, radio va televideniye ustidan nazoratni qölga kiritdi. Al-Başirning qöriqçisi hibsga olingan, uning özi esa uy qamoğiga taşlangan.

Kutilişiça, harbiy kengaş Sudanni bir yil davomida boşqaradi.

Al-Başir Afrikada eng uzoq rahbarlik qilgan prezident bölib, u Sudan prezidenti lavozimini 1993 yil oktyabrdan beri egallab kelgan. Mamlakatda 2010 yilda ötkazilgan oxirgi prezident saylovlarida u 68,24 foiz ovoz töplagan.