Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda gaz to‘ldirilgan 25ta sharning portlashi oqibatida bir kishi shifoxonaga olib ketildi
Illyustrativ foto
2019 yil 9 aprel kuni Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li mavzesida joylashgan 40-uyning 27-xonadonida chaqnash sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, ko‘rsatilgan manzilga 1 ta yong‘in o‘chirish ekipaji tekshiruvga chiqarilgan. Jangovar ekipaj chaqirilgan manzilga yetib borganda, yong‘in alomatlari yo‘qligi aniqlangan.
Bildirilishicha, ushbu xonadonda tug‘ilgan kun nishonlanishi munosabati bilan olib kelingan 25 dona yonuvchi gaz bilan to‘ldirilgan sharlar tortning ustidagi yonib turgan shamlarning ta'siridan yorilgan.
Qayd etilishicha, hosil bo‘lgan chaqnash oqibatida 16 yoshlik fuqaro M.G. kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.
Mavzuga oid
23:28 / 11.02.2026
Toshkentda yo‘l qoidabuzarliklariga oid jarimalar bo‘yicha shikoyatlar uchun Call-markaz ishga tushdi
12:58 / 11.02.2026
Toshkentda ijaradagi uyda narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba qo‘lga olindi
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026