Surxondaryo viloyati Şörçi tumanidagi 1-umumta'lim maktabi tarix va ölkaşunoslik muzeyida 100 yillik tarixga guvoh paranji saqlanadi. Mahalliy aholi orasida ayollar paranjisi vazifasida foydalangan kiyim jyelak atalgan. Uşbu jyelak birinçi Xalqaro baxşiçilik san'ati festivali doirasida namoyiş etildi. 

Tumandagi 1-umumta'lim maktabi tarix fani öqituvçisi Jamila Usmonovaning aytişiça, jyelakning sohibi Xadiça Alimardonova 1978 yilda sakson beş yoşida vafot etgan . Asl surxon ipagidan töqilgan jyelakni Xadiça momo kelinlik davridan kiygan. Qariyb bir asrdan ortiq umr körgan paranji taşqi ta'sirlarga uçramay, tabiiy körinişini yöqotmagan.

Termiz şahrida taşkil etilgan festivalda milliy an'ana va urf-odatlarni tarğib etayotgan Surxondaryoning Şerobod tumani Ğambur qişloği mahalla fuqarolar yiğini mutaxassisi Saxovat Törayeva  bilan suhbatlaşib, ayollar paranjisi haqida köproq ma'lumot oldik.

 «Paranjining ortdan körsangiz qöllari boğlangan bölişi mumkin. Bu libos turmuşga çiqmagan qizning belgisi, qöli oçiq bölsa, turmuş qurgan ayoldan darak bergan. Şuningdek, Surxon vohasiga oid farq şundaki, ayollar libosi, xususan jyelakdagi jiyaklar turli etnik, madaniy, hududiy mansublik, qavmga oidlikni bildirgan», —  deydi u.

Törayevaning aytişiça, paranji odatda keng ölçamda tikilgan, libosni kiyiş uçun jyelak boşga taşlanadi. Şu holatda paranjining yenglari öziga xos çöntak vazifasi ötagan. Momolar paranjisi yengi qismi öziga xos kissa, bolalarga tarqatiş uçun şirinlik, non saqlaydigan joy ham bölgan.

Festivalga taşrif buyurgan xorijiy mehmonlar tarixiy liboslarni tomoşa qilib, özbek ayollarning asl kiyimi, turmuşi bilan yaqindan tanişdi.