Agarda ölim jazosi xavf soladigan bölsa, Buyuk Britaniya WikiLeaks asosçisi Julian Assanjni AQŞga topşirmaydi. Bu haqda Sky News telekanali efirida Britaniya taşqi işlar vaziri örinbosari Alan Dankan ma'lum qildi.

"Har qanday vaziyatda bizning umumiy siyosatimiz ana şunday va Julian Assanjga nisbatan ham bir xilda böladi. Şuning uçun agar unga ölim jazosi xavf soladigan bölsa, ekstraditsiya qilinmaydi", - dedi Dankan.

Assanj payşanba kuni Ekvadorning Britaniya poytaxtidagi elçixonasida London politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Avvalroq Ekvador Assanjga boşpana berişni rad etgandi.