Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda “Hunarmand” uyushmasining:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi uch yo‘nalish – texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlari negizida Respublika “Ijodkor bolalar” maktabi;
“Barkamol avlod” bolalar markazlari negizida “Ijodkor bolalar” maktablari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida “Bolalar kutubxonalari”ni tashkil etish;
umumta'lim maktablari huzuridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini 2019 yil 1 avgustdan boshlab tugatish hamda ularning 400 nafar shtat birliklarini tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlariga, mavjud kitob fondini umumiy o‘rta ta'lim muassasalari balansiga berish;
2020–2023 yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tizimli ravishda bolalar turizmini rivojlantirish maqsadida 100–150 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazalari”ni “Ijodkor bolalar” maktablari huzurida tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalari etib belgilanadi:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali bolalarni individual rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va uslubiy materiallarni doimiy takomillashtirib borish;
robototexnika, mexatronika, muhandislik va kompyuter dasturiy ta'minoti yo‘nalishlaridagi to‘garaklarni doimiy rivojlantirib borish;
bolalar va ta'lim turizmlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
o‘quvchi-yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu jumladan dunyo bozoriga milliy an'analarimiz asosida yaratilgan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida “Art shop” elektron do‘konlarini tashkil etish;

















