Iş joyidagi tazyiq va zöravonlikka qarşi yangi dastur qabul qilindi

Prezidentning «Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, davlat idoralari va taşkilotlarida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini taʼminlaş dasturi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

Jumladan, 1-dekabrgaça Boşqaruv samaradorligi agentligining axborot tizimlarida davlat organlari va taşkilotlari uçun «Xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhiti» axborot portali işga tuşiriladi. Portal orqali iş joyidagi tazyiq va zöravonlik holati böyiça onlayn murojaat yuboriş mumkin böladi.

Tazyiq va zöravonlikka oid murojaatlarni tekşiriş, dalillarni töplaş, xulosa tayyorlaş, axborot almaşiş va muloqot jarayonlari ham portal orqali amalga oşiriladi. Ötkazilgan tekşiruvlar, ularning natijalari, körilgan çoralar va uşbu qarorlarning özgartirilişiga oid maʼlumotlar portalda saqlanadi. Ularni yöq qilişga yöl qöyilmaydi.

Buxoroning tarixiy qismida baʼzi transport vositalari harakati çeklanadi

Buxoro şahrining tarixiy qismida 1-oktabrdan boşlab yölovçi taşişga möljallanmagan vositalar harakati çeklanadi. Bu haqda Buxoro şahri hokimining qarorida belgilandi.

Jumladan, Ark qörğonidan Poyi kalon ansambli, Haqiqat köçasi böylab, Labi-hovuz ansambligaça bölgan hududda qonunçilik talablariga muvofiq bölmagan yölovçi taşiş va individual harakatlaniş vositalari, jumladan elektroskuter, rikşa, moped, 4 ğildirakli velosiped, elektrosamokat, karting, ot va tuyada harakatlanişini çeklaşga oid çoralar köriladi.

Bunga tartibsiz harakatlanişlar xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligiga tahdidlar, piyodalarning soğliğiga şikast yetkazilişi bilan boğliq holatlar sabab bölgani aytilmoqda.

Farğonada avtomobil boşqargan ösmirning otasiga çora körildi

Farğona viloyati, Söx tumanida 5-sinf öquvçisi köçada avtomobil haydayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.