Yangi kompaniya allaqachon dastlabki ikkita modelni namoyish etgan.

Bular premium toifadagi Exobot sedani va yoʻltanlamasidir. Ular tepaga ochiladigan «chayka qanoti» turidagi eshiklar bilan jihozlangan boʻlib, dizayni «Tron» filmidagi mashinalarni eslatadi. Bosh direktor Jim DeLuka soʻzlariga koʻra, old va orqa qatorlar oʻrtasidagi odatiy ustunlar olib tashlangan: kuzovning qattiqligini yuqori chidamli materiallar ushlab turadi, shuning uchun orqa oʻrindiqlarga oʻtish sezilarli darajada osonlashgan.

WhatsApp_Image_2026_09_21_at_21_1536x768_1790074084_lh_average_step_4
ArsTechnica

Salonda old panelning butun kengligini egallagan 48 dyuymli panel oʻrnatilgan. Tizim grafikasi Ar-Riyozning futuristik manzarasidan ilhomlangan. Orqada yoʻlovchilar uchun alohida 8 dyuymli ekran mavjud. Apple CarPlay va Android Auto tizimlarini qoʻllab-quvvatlash vaʼda qilinmoqda.

IMG_2633_2_1536x768_1790074137
ArsTechnica

Dastlabki versiyalar 112 kVt·soat sigʻimli batareyaga ega boʻladi. Eʼlon qilingan yurish masofasi yoʻltanlamas uchun 500 kilometrdan ortiqni va sedan uchun kamida 600 kilometrni tashkil etadi. 100 km/soat tezlikka erishish 2,4 sekundgacha vaqt oladi. Tezkor quvvatlash taxminan yarim soat ichida quvvatni 80 foizgacha toʻldiradi.

IMG_2628_2_1536x768_1790074309
ArsTechnica

Dastlabki ikkita modelning sotuvi 2027-yilga moʻljallangan, narxlar hozircha eʼlon qilinmagan. Avvaliga avtomobillar faqat Saudiya Arabistonida sotuvga chiqadi, keyin esa geografiyani kengaytirish rejalashtirilgan. 2030-yilgacha Ceer yana beshta mashinani, jumladan, gibridlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda.