11 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy taşrif bilan bölib turgan Amerika Qöşma Ştatlarining Afğonistondagi yaraşiş masalalari böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzodni qabul qildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari mehmonni samimiy qutlab, oçiq muloqot va özaro işonçga asoslangan köp qirrali Özbekiston-AQŞ hamkorligi jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.
Turli darajadagi faol muloqot, konstruktiv siyosiy hamkorlik, izçil parlamentlararo aloqalar, yangi qöşma savdo va investitsiya loyihalari, kengayib borayotgan gumanitar almaşinuv – bularning barçasi Özbekiston va AQŞ strategik şerikligida yangi davr boşlanganidan dalolat beradi.
Uçraşuvda ikki davlat örtasidagi munosabatlarni kengaytirişga doir, şuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar körib çiqildi. Afğonistondagi vaziyatni hal etişda mamlakatlar hamkorligining holati va istiqbollariga baho berildi.

Davlat rahbari Özbekiston Afğoniston bilan an'anaviy yaxşi qöşniçilik munosabatlarini rivojlantirişga muhim ahamiyat qaratayotgani, uşbu mamlakatda barqarorlik örnatilişi va iqtisodiyot qayta tiklanişiga amaliy hissa qöşiş tarafdori ekanini qayd etdi.
Afğonistonda tinç siyosiy jarayonni boşlaşda afğon xalqining boş rolini nazarda tutgan holda xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlarini samarali muvofiqlaştiriş zarurligi qayd etildi.
Zalmay Xalilzod samimiy qabul uçun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Tramp va Davlat kotibi Maykl Pompeoning salomini yetkazdi.
Maxsus vakil mamlakatning Afğoniston xalqiga har tomonlama, jumladan, muhim ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşiriş orqali yordam berişga qaratilgan siyosatini yuksak baholadi.
AQŞ Özbekistonning Afğonistonda tinçlik muzokaralariga kömaklaşiş borasidagi konstruktiv sa'y-harakatlarini, xususan, Afğoniston hukumati vakillari iştirokidagi muloqotning navbatdagi davrasini Samarqand şahrida ötkaziş töğrisidagi taşabbusini qöllab-quvvatlayotgani ta'kidlandi.












