Karimov Fondi Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti haqida avval köpçilik bilmagan ma'lumotlarni e'lon qilib kelmoqda. 

Kuni keça Fond Qirğiziston xalq yozuvçisi Çingiz Aytmatovning Islom Karimov haqida aytgan sözlarini e'lon qildi.

Foto: Facebook/Karimov Foundation

«Özbekiston prezidenti Islom Karimovdek kişi haqida davrdan, boşqaça aytganda, hozirgi zamon manzarasini taşkil etib turgan dolzarb muammolar va böhronli holatlardan ayri holda fikr yuritib bölmaydi.

...Islom Karimov mana şu ekstremal davrning yetakçisi. Uning tutgan örni ham, u orttirgan tajribaning qimmatliligi ham mana şunda. «Qayta quriş»dan keyingi davrda yuzaga kelgan notinç, olağovur zamonda u Özbekiston jamiyatida barqarorlik va işonç muhitini paydo qila oldi, xalqi oldiga millatning özligi va qadr-qimmatini anglatişga undovçi ulkan maqsad va vazifalar qöya bildi», - degan Çingiz Aytmatov. 

Bundan oldin, Islom Karimovning sevimli asarlari röyxati taqdim etilgandi. Unda Çingiz Aytmatov qalamiga mansub «Kassandra tamğasi», «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», «Oq kema» va boşqalar asarlar bor.