Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Institut energetigining «oliyjanobligi» o‘ziga ziyon keltirdi
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish borasida ommaviy axborot vositalarida har kuni eslatib o‘tilayotgan, shu bilan birgalikda ularni talon-toroj qilgan huquqbuzarlarga nisbatan ma'muriy hamda jinoiy choralar ko‘rilayotganligi tez-tez ta'kidlanayotgan bo‘lsada ayrim iste'molchilar hamon elektr energiyasidan “bepul” foydalanishni ma'qul ko‘rmoqdalar, deya xabar beradi MIB.
MIBning Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan shaharning Farg‘ona politexnika institutida o‘tkazilgan tadbir davomida institut bosh energetigi fuqaro M.Yu. institut uchun belgilangan elektr tarmog‘idan tashqari institut hududiga joylashtirilgan 320-sonli TPning I-seksiyasiga shahar elektr ta'minoti korxonasining “Elektr-hisob” dasturiga kiritilmagan “Energomera Se-303” rusumli elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib olgan.
Binolarni “bepul” elektr energiyasi bilan ta'minlab kelishini oqibatida, davlat manfaatlariga jami 134 mln. 253,6 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Huquqbuzarga M.Yu. bu qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonlik bildirib, 134 mln. 253.6 ming so‘m moddiy zararni to‘liq qopladi, shu sababli unga nisbatan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan ayblilik masalani hal qilmasdan turib jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etish haqida qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
14:35 / 05.02.2026
Farg‘ona va Quvasoyda 175 mln dollarlik agrologistika markazlari quriladi
14:02 / 05.02.2026
Farg‘onada 4,2 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushiriladi
18:19 / 04.02.2026