Britaniya politsiyasi tomonidan 11 aprelda hibsga olingan WikiLeaks asosçisi Julian Assanj London janubi-şarqidagi qat'iy tartibdagi turmaga joylaştirilgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor bölgan suddagi manbaga iqtibos keltirgan holda France Presse axborot agentligi xabar berdi.   

Agentlik ma'lumotlariga köra, jurnalist mahbuslar orasida “britan Guantanamosi” deb nom olgan “Belmarş” turmasiga yetkazilgan.

Bu turma A toifadagi turmalarga tegişli bölib, xavfli jinoyatçilar, jumladan terrorçilik faoliyatida gumon qilinganlar yoki u böyiça sudlanganlar uçun möljallangan turma hisoblanadi.

Uşbu turmada öz vaqtida tarihdagi eng katta öğriliklardan birini sodir etgan Ronni Biggs, misrlik radikal mafkuraçi Abu Hamza al-Masriy, Bosniya hududida etnik tozalaşlarni taşkillaştirişda ayblangan serbiyalik Momçilo Kraişnik jazoni ötagan.

Boşqa bir ma'lumotlarga köra, Assanj London janubi-ğarbidagi “Uandsvort” turmasiga jönatilgan. U bu yerda 2010 yilda garovga çiqarilişidan oldin 10 kun ötkazişiga töğri kelgan. Bu turma B toifaga mansub bölib, biroz yumşoqroq tartibga ega.