18:24 / 13.04.2019
9307

Superliga. «Dinamo» qatorasiga ikkinchi marta g‘alaba qozondi

Foto: UzPFL

Superligada 4-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Dinamo» o‘z maydonida «So‘g‘diyona» bilan o‘ynadi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 50-daqiqada Qadamboy Nurmetov tomonidan urildi. Futbolchi o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi.

78-daqiqada «So‘g‘diyona» futbolchisi Davron Umirov ikkinchi sariq kartani olib, maydondan chetlatildi.

Bu samarqandliklarning qatorasiga 2-g‘alabasi bo‘ldi. 3-turda «Dinamo» o‘z uyida «Metallurg»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. «So‘g‘diyona» esa qatorasiga 4-o‘yinni yutqazdi.

Bu natijadan so‘ng, «Dinamo» 7 ochko bilan 4-o‘ringa chiqib oldi, «So‘g‘diyona» esa 3 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 4-tur
13 aprel, Samarqand, «Dinamo» stadioni 
Dinamo (Samarqand) – So‘g‘diyona (Jizzax) 1:0
Gol: Qadamboy Nurmetov (50)
Chetlatish: Davron Umirov (78, So‘g‘diyona)

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Top