Bloomberg agentligi WikiLeaks asosçisi Julian Assanj saqlanayotgan Britaniyadagi Belmarş qamoqxonasi haqida ma'lumot berdi.

Agentlikning yozişiça, London janubi-şarqidagi bu turmani bir paytlar britan Guantanamosi deb ataşgan. Bu yerda Usoma bin Lodinning Yevropadagi öng qöli hisoblangan Abu Qatoda va Londondagi jamoat transportida terakt uyuştirmoqçi bölgan tört şaxs saqlangan.

Bu yerda hozirda jamoatçilikka turli darajada xavf tuğdiradigan şaxslar saqlanadi, deb yozadi Bloomberg.  

Mazkur qamoxonadagilar uçun kameradan taşqarida vaqt ötkaziş çegaralangan. Ma'lumot berilişiça, bu yerdagi mahbuslarning deyarli yarmi haftasiga ikki soat kamera taşqarisida bölişlarini aytişgan.

Agarda Assanj qat'iy rejimdagi bölimda saqlanadigan bölsa, uning yaşaş şaroiti yanada qat'iy bölişi mumkin, deya qayd etadi agentlik. Uşbu bölimda saqlanayotganlarning sport zali va kutubxonaga kirişlari çeklangan.

Eslatilişiça, WikiLeaks asosçisi turmaga birinçi bor tuşişi emas. U 2010 yilda Londondagi yana boşqa qamoqxona — Uandsvortda töqqiz kun saqlangan. Assanj öşanda garov evaziga ozod qilingandi.

Assanj 2006 yilda WikiLeaks portaliga asos solgan, unda qator hukumatlar, jumladan AQŞ faoliyatiga oid maxfiy ma'lumotlar çop etilgan. 2012 yilda Şvetsiyada unga nisbatan ayblov e'lon qilinganidan söng u Ekvadorning Londondagi elçixonasidan boşpana söragan va yetti yil davomida öşa yerda yaşab keldi. Payşanba kuni Ekvador unga boşpana berişni rad etdi va London politsiyasi uni hibsga oldi.