WikiLeaks asosçisi Julian Assanj yotoqda lobster iste'mol qilgan prezident Lenin Morenoning fotosurati bilan bölişgani sababli, Ekvador elçixonasidan çiqarib yuborilgan bölişi mumkin. Bu haqda The Sun manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Manbalar ma'lumotiga köra, Assanj Morenoning öta haşamatli mehmonxona yotoğidagi fotosuratini internetda e'lon qilgan. Qayd etilişiça, prezidentning yonida tansiq ovqatlar bilan töla stol bölgan.
Bundan taşqari, WikiLeaks asosçisi 200dan ortiq şaxsiy elektron maktublar hamda Moreno va uning rafiqasi yozişmalarini joylaştirgan, deb yozadi gazeta.
Bundan oldin, Avstraliya Assanjga «maxsus» yordam taqdim etişdan boş tortgandi.













