Bu haftada Çempionlar ligasida çorak final doirasida javob uçraşuvlari bölib ötadi.
Sulşer - Fergyuson: şogird davom ettiradimi?

«Barselona» - «Mançester Yunayted»
16 aprel. Barselona. «Kamp Nou» stadioni
Birinçi öyin: 1:0
20 yil muqaddam «Mançester Yunayted» «Kamp Nou»da uddalab bölmas işni uddalab bölgan. Köpçilik eslaydi: Çempionlar ligasi finalida «Bavariya» 90-daqiqaga qadar 1:0 hisobida oldinda borgan - keyin esa qöşimça daqiqalarda ikkita gol ötkazib yuborgan. Öşanda «qizil iblislar» hozirgidan bir neça barobar qiyin vaziyatda qolgandi, öşanda möjiza sodir etiş uçun Aleks Fergyuson (u hali ser emasdi) şogirdlarida bir neça daqiqa bölgan, hozir esa butun boşli 90 daqiqa bor.
Buyuk şotland bugun ham Barselonada - «MYu» sobiq boş murabbiyni bortda birga olib kelgan. Bu «Yunayted» uçun katta kömak, Fergyusonning katta yoşli futbolçilar oldida ham, yoş futbolçilar oldida ham, murabbiylar oldida ham mavqei beqiyos.
Aynan Fergyuson 1999 yilgi finalda Teddi Şeringem va Sulşerni zaxiradan öyinga tuşirgan, bu ikki futbolçi yakunda fantastik natija keltirgandi. Hozirda norvegiyalik sobiq futbolçi öz ixtiyoridagi futbolçilarni öyinga qanday ruhlantiriş ustida boş qotirmoqda. «Mançester Yunayted» «Old Trafford»dagi birinçi öyinda raqib darvozasi tomon biror marta aniq zarba yöllamagan, şu bilan birga öz darvozasidan atigi bitta gol ötkazib yuborgandi. Lekin yoddan çiqarmaslik kerakki, bu jamoa nimçorak finaldagi birinçi öyinda «PSJ»ga ikki töp farqi bilan yutqazgan, ammo javob öyinida bu farqni yöqqa çiqarib, keyingi bosqiçga yöl olgandi.
Albatta, «Barsa» parijliklardan birmunça kuçliroq raqib, bu jamoaning birinçi öyindagi natijasiga pragmatik nuqtai nazardan qaraş lozim, kataloniyaliklar bu safar ehtiyotkor öynaşmoqda, jamoa 2015 yilgi çempionlikdan keyingi 3 mavsumda çorak finalda qoqilgan, Mançesterdagi oxirgi öyinga qadar pley-offda 6 öyinda biror marta ğalaba qozonolmagan (+0=2-4, töplar nisbati - 1:13).
Şu bilan birga, bu öyinga tayyorlaniş uçun Sulşerga vaqt yetarli bölmagan bölişi mumkin. Şu kunlarda u matbuot orqali UYeFAga e'tirozlarini bildirdi. U «MYu» va «Barselona» nega birinçi haftada çorşanba kuni öynab, ikkinçi haftada seşanba kuni öynaşga majbur bölişiga izoh talab qildi.















