Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida Moskvaga Belarusdan olib kelingan sut mahsulotlari uçun bozorni töliq oçiş majburiyatini yuklovçi qaror bekor qilinişini talab qilmoqda. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, Rossiya 30 aprel kuni bölib ötadigan Yevrosiyo hukumatlararo kengaşi majlisida Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) qarorini bekor qilişga erişmoqçi. YeIK qarori bilan Moskvaga içki bozorga aloqador, jumladan, taşkilotga a'zo davlatlar işlab çiqarilgan istalgan tovarlarni kiritiş töğrisidagi YeOII normalariga rioya etiş majburiyati yuklangan.
Bundan avval, Rosselxoznadzor Belarusdan sut mahsulotlari olib kirilişini çeklab qöyib, bunga belaruslik tegişli organlar past sifatdagi, yaxşi quvvatlari va uskunalari bölmagan korxonalarda işlab çiqariluvçi sut mahsulotiga sertifikatlar berayotganini sabab sifatida körsatdi. Xususan, Rossiyaga 2,5 litrdan ortiq hajmda Belarus suti, qaymoği va kukunli sutini olib kiriş taqiqlangan.
YeIK bunday çora YeOII qonunçiligini buzadi, deb tan oldi. Biroq, Rossiya öz bozorida Belarus mahsulotlarini kamsitmayotgani, sababi mahsulotlarni kiçik hajmlarda olib kirişga ruxsat mavjudligi haqida ta'kidlab kelyapti.
YeIKning taqiqni töxtatiş töğrisidagi qarori fevral oxirida kuçga kirdi, Moskva suriştiruv vaqtida u töxtatib turilişiga erişmoqçi.
Bundan oldin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Rossiya surbetlaşib ketgani haqida ma'lum qilgandi.












