Vazirlar Mahkamasining “Suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari uçun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) şakllantiriş, deklaratsiya qiliş (tasdiqlaş) va belgilaş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari uçun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) şakllantiriş, deklaratsiya qiliş (tasdiqlaş) va belgilaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Belgilab qöyilişiça, suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari uçun tariflarni şakllantiriş va belgilaşda iste'molçilar uçun körsatiladigan xizmatlar tannarxini töliq qoplaş nazarda tutiladi, şuningdek, suv ta'minoti va kanalizatsiya taşkilotlarini rivojlantiriş hamda modernizatsiya qiliş xarajatlari hisobga olinadi.
Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi:
2019 yil 1 iyulgaça bölgan muddatda barça guruhdagi iste'molçilarning sovuq va issiq suv priborlari bilan jihozlanişi hamda uşbu priborlarning tekşiriliş holatini xatlovdan ötkazadi;
2019 yil 1 avgustgaça bölgan muddatda “Özstandart” agentligi bilan birgalikda yakka tartibdagi va köp kvartirali uy-joy fondida sovuq hamda issiq suv priborlarining örnatilişini moliyalaştiriş manbalari va töliq yakunlaşning aniq muddatlari nazarda tutilgan Sovuq va issiq suvni hisobga oliş priborlarini örnatiş dasturini işlab çiqadi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari 2019 yil 1 iyulgaça bölgan muddatda aholining içimlik suvni iste'mol qiliş normativlarini qayta körib çiqadi hamda tasdiqlaydi.
Nizomga muvofiq, suv ta'minoti va kanalizatsiya taşkilotlari uy-joy kommunal xizmat körsatiş organlari bilan suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini qayta körib çiqiş va tasdiqlaş uçun Moliya vazirligiga (moliya organlari) murojaat qiladi.
Tariflar Moliya vazirligi tomonidan tegişli organlar taqdim qilgan ma'lumotlar asosida deklaratsiya qilinadi (tasdiqlanadi).
Tariflarni tasdiqlaş töğrisidagi qaror u kuçga kirişidan 15 kun oldin e'lon qilinişi lozim.

















