Insonlar turfa xil. Kimdir töğrilik yölida yurib halol kun keçirişni afzal köradi, yana kimdir qinğir söqmoqlardan qadam taşlaydi. Şu yilning 21 mart kuni tahririyatimizda oğir xastaligi sabab xalqdan kömak ilinjida Yulduzxon ismli qiz uçun xayriya aksiyasini e'lon qilgandik. Kimdir moddiy kömak bermoqda, kimdir oilani ruhan qöllab-quvvatlamoqda. Biroq ming taassufki, ba'zi şaxslarning qilgan işlarini körib-eşitib lol qoladi inson. Misqollab yiğilayotgan xalq ehsoniga ham köz olaytiradigan manfur kimsalar aynan siz-u bizning oramizda yaşayotganligi ma'lum böldi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Qizim yaqin kunlar içida Hindistonga operatsiyaga borişi lozim edi. Ança-munça mablağ tuşgandi. Ketişimiz uçun 40 million söm yetmay turgandi. Bugun 12 aprel kuni soat 12 yarimlarda plastik kartamdan noma'lum kimsa tomonidan pul yeçilayotganligini sezib qoldim. Darhol yaqin hududdagi bank apparatida kartamni blokladim. Biroq bu vaqtgaça 22 million sömdan ortiqroq summa yeçib olingandi. Tezda bankka, yana boşqa taşkilotlarga bordim. Ular ham qölidan kelgança yordam qilişlarini aytişdi. Pulni yeçib olgan odamning insofsizligi meni hayron qoldirdi. Qarang, şunday odamlar ham bor ekan. Bolamning ahvolini hamma körib turibdi. Şu ahvolida ham pulimizni talab taşlaşdi. Ularniyam ona tuqqan-ku. Ularning ham farzandi, bola-çaqasi bor-ku. Men bu masalada içki işlar xodimlari tomonidan çora körilişini sörab qolaman. Öşa odamga ham insof bersin. Xufyona tarzda bölsa ham öşa pulni olib kelişini sörab qolaman», – deydi çorasiz holatda qolgan Ziroat Jaylabayeva közlarida yoş bilan. Bu sözlar bir vaqtda ham ökinç, ham nafrat tarzida yangragandek böldi. 

Bu ayol qanday kunlarni boşidan keçirayotganiga biz guvohmiz. Dard ustiga çipqon deganidek, endi bu nopok kimsaning manfur qilmişi kam edimi bu ayolga?