Nega şunday? Nega insoniyatning bir qismi isrofgarçilikda, ikkinçi bir qismi oç va noçor? Nega ba'zilarning bir kunlik ehtiyoji boşqalarning bir yillik ehtiyojiga teng? Nega dunyoning bir burçagida bir xonaki itga egasidan bir neça million dollar meros qolib ketayotgan mahalda boşqa bir yerda odam bolasi hammaning köz öngida oçlikdan vafot etyapti? Bitta kiçkina sayyorada yaşab turib, insoniyat vijdoni buni qanday kötaryapti?
Vijdon
Bir toifa haqida «ularning oxiratga iymoni yöq-da, şuning uçun...», deymiz. Mayli, ular-ku yakuniy savol-javobga işonmas ekan, nega biz musulmonlarda ham hol şu?
Nega isrofga beriliş musulmonlar orasida ham odatiy holat körinişini olgan? Nega, masalan, torgina dengizning bir qirğoğida musulmonlar tillo-yu brilliantlar bilan bezatilgan maşinalarda yuradi-yu, boşqa qirğoqda oçlikdan bolalarning terisi suyagiga qapişgan? Savol-javobga işonuvçilar – ahli iymonning umum vijdoni buni qanday hazm qilyapti?
Bu savolni har birimiz özimizga bir bor bölsa-da berganmiz, albatta. Va uni özimizdan tezroq nari qiliş uçun nimadir vajlar topganmiz. Birimiz bu holatni hukumatlarning olib borayotgan siyosatiga boğlaymiz, birimiz hukmron toifalarning vijdonsizligiga tönkaymiz. Ammo...
Xöp, siyosat şunday ekan, odamlar-çi? Siyosatçilar emas – oddiy musulmonlar – yoşligidan birodarçilik haqqi töğrisidagi rivoyatlarni eşitib keladigan musulmonlar-çi? Nega rivoyatlar bizga ta'sir etmay qoldi? Bu savolga qanday javob beramiz?
Yoningda birodaring, birodaringning bolalari oç bölsa-yu, sen esa kiprik qoqmay «falon ming dollardan past narxdagi maşina minmayman», – degan şior bilan, «dinim buni menga halol qildi» deb yaşasang, içingdagi «vijdon» degan narsa özini qanday his qiladi?
Birinçi rivoyat
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Tilla va kumuş idişlarda yemanglar va içmanglar...», dedilar».
Hadisda gap modda – tilla va kumuş haqidami? Hadisni «dunyoda bir qança birodarlaring, balki uzoqdadir, balki u qöşningdir, moddiy qiynalib turganda sen qimmatbaho metaldan yasalgan idişda taom yeb tursang, qalbing nogahon qorayib, zarar köradi
Mavzuga oid
»
,
deb tuşunişimiz lozim emasmidi? Moddadan muhimroq – qalb haqida emasmi hadis?
Biz esa hadisning zohirini oldik – tilla idişdan taom yeyişni harom bildik, ammo undan köp marta qimmatbaho boşqa – ehtiyojdan ming marta oşib ketgan matohlarni özimizga halol deb bildik.
Ikkinçi rivoyat
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Yon qöşnisi oçligini bilaturib, töq uxlagan kimsa menga iymon keltirmabdi».
Rivoyatda kelgan oğir ma'noga közlarimizni katta oçib yana bir nazar taşlaylik: «Yon qöşnisi oçligini bilaturib, töq uxlagan kimsa menga iymon keltirmabdi...»
Endi mana şu tamoyilga amal qiladigan jamiyatni köz oldimizga keltiraylik... Endi esa özimizning holimizga nazar taşlaylik...
Alloh taolo öz elçisi vositasida yana öşa haqiqatga işora etyapti – ruhlar özaro ma'nan muştarakdir – insonlar özaro bir-birining holini his etmay qöysa, qalblar zarar köradi – moğor bosadi. Har bir sohada insonning avvalo qalbining salomatligini közlagan Islom ta'limoti biz insonlarga uqtiradi – ma'naviy muştaraklikka ziyon yetkaziş – ilohiy tamoyilga teskari bölgan, qalbga zarar keltiruvçi iş.
Qalb salomatligini Islom dini har bir narsadan ustun qöyadi, ammo biz...
Bu rivoyatlarning hozirda sözlari qoldi – ruhi unut böldi. Mukammal ta'limotning mağzini tanituvçi ma'nolar çekkada qoldi. Endilikda 100 ming dollar turadigan maşinani minib yurgan musulmonning ongida bunga ruxsat beruvçi fatvo bor, qalb-çi?
Qalb esa egasiga töğrisini aytib turadi: «qançadan-qança qiynalganlar bor, ularga yordam berişing mumkin, sen esa Alloh senga bergan mablağni isrof qilyapsan, manmanlik uçun sarflayapsan», deb turadi.
Haşamatga berilgan örnaklar
Kambağal kişilar toifasi haşamatni körganda içida bir tuyğu paydo böladi. Bu hasad emas, boşqa narsa. Bu – tabiiy e'tiroz. Bu e'tiroz köpinça sözlarga aylanmaydi, böğizda qolib ketadi, zero «bu uning mulki-ku», degan tuyğu oraga kiradi. Aslida esa «hamma mulk Allohniki». Va bu e'tiroz mazkur haqiqatdan kelib çiqadi.
Va bunda diniy ta'lim olgan kişilar, imom-xatiblar odamlarning alohida e'tibori ostiga tuşadi. «Nega bizga örnak bölişi kerak bölgan kişilar haşamatga berilişgan?», – degan savol köpinça pinhon, ba'zida tilda yangraydi. Ba'zida qarşi tarafning e'tirozi bilan töqnaşadi.
Aslida esa bu tabiiy – haq dinni yetkaziş yölini, Allohning elçisi alayhissalomning xulqini odamlarga tanitiş yölini, xususan boylarga mulk tasarrufida qalbni moğorlatmaslikni örgatişi lozim bölgan kişilarning haşamatga berilişi tabiiy e'tirozlarni keltirib çiqaradi. Qalb salomatligini saqlaşni örgatuvçi ta'limotni odamlarga yetkazuvçilar özlari haşamatga, qöşnisining holiga beparvo bölişini aqllari va qalblari kötarmaydi.
Haşamatli masjidlar
Tasavvur qilamiz. Falon million pul sarflab haşamatga, ortiqça narsalarga töla masjid qurildi. U masjidning atrofida esa birqança muhtoj oilalar yaşaydi. Endi öşa masjidni qurgan va unda ibodat qiladigan musulmonlar buni – atrofda muhtoj oilalar mavjudligini bilişmaydimi? Albatta bilişadi. Bu ma'lumot, bu ziddiyat ularga qanday ta'sir etadi? Ularda yaşirin aybdorlik hissi paydo bölmaydimi? Aynan öşa yaşirin aybdorlik hissi ularning şaxsiy yuksalişi yölida ğovga aylanmaydimi?
Teskari da'vat
Soni 7 milliarddan oşgan Yer aholisi içida bir qançasi öziga yöl axtaradi – haqiqatni izlaydi. Iste'molçilik botqoğiga botib qolgan voqelik içida turib, «hayotda biror ma'no bormikan», deb alanglaydi, uyğunlik istaydi. Va tabiiyki, turli ta'limotlarning takliflariga nazar soladi.
Iste'molçi bölişdan çarçagan kişilar qalblariga taskin ölaroq iste'molçilikdan ularni xalos etadigan ta'limotni izlaşadi, moddiyatdan özini ustun qöyadigan toifalarning yölini istaşadi.
Tabiiyki, bu yölda ular najot istab musulmonlarga ham köz tikişadi. Va bir-birining holini söramaydigan, haşamatga botgan moddaparast musulmonlarni körib notöğri xulosalarga borib qolişadi. Bu holatda bunday musulmonlar Islomga da'vatçilar emas, balki aksilda'vatçilar bölib qolişadi. Bu esa yer-u kökka siğmaydigan fojia...
Ibratli suratlar
Mana bu Dubayda oçilgan körgazmada sotuvga qöyilgan eng qimmatbaho oyoq kiyimi. Narxi 17 million dollar:
Mana bu esa eng qimmat, köproq boy musulmonlar buyurtma beradigan brilliant bilan bezalgan smartfon:
Bu ham avvaldan buyurtma berib yasatiladigan tilla smartfon. Unga ham köproq musulmonlardan buyurtmalar tuşadi.
Arab amirliklarida narxi öta qimmat bölgan minglab sportkarlar köçaga taşlab yuboriladi:
Boy musulmonlar örtasida yovvoyi hayvonlarni boqiş tobora ommalaşib boryapti. Bunday hobbi neça pulga tuşişini tasavvur etiş qiyin:
Bu oğirligi 160 kilo keladigan quyma tilla. Uni odatda arab boylari uyga bezak bölsin uçun sotib olişadi:
Bu esa Yamandagi yana bir oç-noçor bolaça:
Islom dini şundaymi?
Qalbni yo tinglaş mumkin yoki öldiriş – aldab bölmaydi. Öldirilgan qalb egasi esa tuban lazzatlarning izidan yuguruvçi qurilma – robotga aylanadi. Bunday «robot» esa özganing holini his etişga, butun boşli bir sayyoraning taşvişini çekişga safarbar etilgan hazrati Inson maqomidan yiroq bölgan tuban jonzotdir.
Heç şubha yöqki, Islom dini qalblarni tiriltiriş, salomat qiliş, voqelikda odamlarga oqni oq, qorani qora qilib körsatiş uçun nozil böldi. Zero, qoraning oq bölib körinib qolişi yuqoridagi mudhiş manzaralarga olib kelişini körib turibmiz.
Yöq, Islom dini unday emas! Balki «yon qöşnisi oçligini bila turib, töq uxlagan kimsa»ni özidan nari qiliş bilan qörqitgan, hatto masjid qurganda ham ortiqça xarajatni harom qilgan dindir.
P/S:
Maqoladagi suratlarni körib öquvçi «bu maqola uzoq ölkalar haqida ekan» degan xulosaga borib qolişi mumkin. Yöq, haqiqat şuki, musulmon ummati bir oila va söz aslida... Bular ham özimiz haqimizda.
Uzoqda bölayotgan işlar garçi biz uçun amrimaholdek - ammo holimiz öşa-öşa. Uyimiz törini 160 kilolik tilla quyma bilan bezatmasmiz, biroq qöşnimizning holini his etmay qöyganimiz rost. Isrofga bepisandligimiz, töy-ma'rakalarimiz, markablarimiz, uy qurişimiz – bular ham öşa «qöşiq»ning «nota»laridan...
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi